O‘quv soati o‘tkazildi

2021-yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida o‘quv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati xizmat va bo‘limlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv soati doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi” 2017-yil 3-yanvardagi 419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 24-fevraldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlari mazmun-mohiyatlarini tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

 

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK Bosh yuristkonsult U.Sangirov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali