O‘zbekiston va Hindiston: AKT sohasidagi samarali hamkorlik
2022-yil 28-yanvar kuni “Yangi O'zbekiston” gazetasining 19-sonida “O‘zbekiston va Hindiston: AKT sohasidagi samarali hamkorlik” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada O‘zbekiston va Hindiston hamkorligi doirasida amalga oshirilgan samarali ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Maqolaning gazeta ko'rinishidagi varianti. Raqamlashtirish O‘zbekiston va Hindiston: AKT sohasidagi samarali hamkorlik So‘nggi yillarda ko‘plab xorijiy oliy ta’lim muassasalari katta qiziqish bilan yurtimizda o‘z filiallarini ochish istagini bildirmoqda. Natijada hamkorlik aloqalari kengayib, IT maktablar qurish, kadrlarni sifatli tayyorlash masalalari bo‘yicha tajriba almashilayotir. Bu, albatta, quvonarli. Jumladan, texnologiya va kommunikatsiyalar bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlaridan sanalgan Hindiston universitetlari filiallarining yurtimizda faoliyat boshlashi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir. Shu kunga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bir nechta loyiha amalga oshirildi. Hindiston Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi huzuridagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati (STPI) bilan hamkorlik doirasida Toshkent shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etilgani fikrimiz dalilidir. Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Hindiston axborot texnologiyalari markazi o‘rtasida elektron hukumatning qator yo‘nalishlari: elektron tibbiyot, elektron ta’lim, elektron parlament, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar bo‘yicha davlat xizmatchilarini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilib kelinmoqda. Xalqaro tajribani amaliyotda qo‘llash, axborot texnologiyalari sohasida bilim almashish, shuningdek, sheriklik aloqalarini mustahkamlash maqsadida 2019-yil 18-martdan boshlab hindistonlik tajribali mutaxassis IT parkka maslahatchi sifatida jalb qilindi. Hindiston tajribasiga asoslanib, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. O‘zbekistonda Biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) yo‘nalashini rivojlantirish maqsadida Hindistondan yirik BPO korxonalar jalb qilinib, ular yordamida mahalliy tadbirkorlarni shu yo‘nalishda ish olib borish, ular uchun barcha kerakli treninglar tashkil etish mo‘ljallangan. Shu bilan birga, IT park hamda Gujarat elektronika va dasturiy ta’minot assosiasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekistonning startap ekotizimini rivojlantirish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Assosiasiya mutaxassislari ishtirokida IT parkning ikkinchi to‘lqini inkubasiya va akselerasiya dasturlari uchun startap loyihalarga 169 ta tanlov o‘tkazilib, 23 ta startap loyiha tanlab olindi. Ayni vaqtda Toshkent shahridagi IT parkning yangi infratuzilma ob’yektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda umumiy maydoni 408 ming kvadrat metr bo‘lgan 17 ta infratuzilma ob’yekti qurilmoqda. IT park hamda “iCreate” Xalqaro tadbirkorlik va texnologiyalar markazi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 2021-yilning aprel oyida IT parkning biznes modelini ishlab chiqish va moliyaviy komponentlarni tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan 4 ta onlayn o‘quv sessiyasi o‘tkazildi. Ta’lim sohasidagi uzoq yillik kelishuvlar Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida ko‘p tarmoqli uzoq yillik kelishuvlar shu kunga qadar o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Binobarin, tibbiyot, ta’lim, elektronika, texnika, shuningdek, iqtisodiy-siyosiy aloqalar shular jumlasidandir. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javoharla’l Neru nomidagi O‘zbek–Hind Axborot texnologiyalari markazi 2004-yil 29-oktyabrda Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq tashkil etilgan edi. Markazning asosiy faoliyati axborot texnologiyalari sohasida o‘quv kurslarini tashkil etishdan iborat. U, asosan, C / C ++, C # va Java kabi dasturlash tillari bo‘yicha talabalar uchun uzoq muddatli mashg‘ulotlar hamda davlat boshqaruvidagi mutaxassislarga yo‘naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini o‘z ichiga oladi. Markaz tashkil topgandan to hozirgi kungacha 32800 nafar o‘quvchi unda malaka oshirgan. Ulardan 5100 nafari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari talabalari hisoblanadi. Qolgan 27700 nafari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yirik kompaniyalar, banklar va boshqa tashkilotlar xodimlaridir. Markaz faoliyati shu bilan cheklanib qolgani yo‘q. U AKT sohasida ham o‘zining boy tajribasi bilan o‘quvchilar tayyorlab kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida yetakchiga aylanish maqsadida markaz o‘quv kurslari mazmunini yangilash, sun’iy intellekt, mashinasozlik, kiberxavfsizlik kabi yangi yo‘nalishlar bo‘yicha murabbiylarni tayyorlashni maqsad qilgan. Viloyatlarda Hindiston OTMlarining filiallari ochiladi Joriy yilning 19-yanvar kuni Hindistonning Acharya institutlar tarmog‘i ijrochi direktori bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvda mehmonlar IT-mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari 24-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutasaddilari Hindistonning Integral universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida Hindistonda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Integral universiteti vakillari mamlakatimiz viloyatlarida o‘z filiallarini ochish istagini bildirdi. Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha fikrlar bildirildi. Hindistonning Integral universiteti mamlakatning obro‘li oliy ta’lim muassasalaridan hisoblanadi. Mazkur universitetga 2004-yili Lakxnau shahrida asos solingan. Hozir unda qariyb 10 mingga yaqin talaba arxitektura, kompyuter ilmi, iqtisod, tijorat, madaniyat va boshqa sohalardagi 150 dan ortiq ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olmoqda. Universitetda 17 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 14 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Toshkent shahridagi Amity universiteti faoliyatiga nazar Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2019-yil 24-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Hozir universitetda beshta yo‘nalish (Dasturiy texnologiyalari, Kompyuter injiniringi, Iqtisodiyot, Biznes boshqaruvi, Turizm boshqaruvi) bo‘yicha bakalavrva magistrlar tayyorlanmoqda. Ta’lim muddati bakalavriatda yo‘nalishiga qarab 3-4 yil, magistraturada 2 yil olib boriladi. Shuningdek, universitetda 11 yillik maktabni tamomlagan abituriyentlarni qabul qiladigan va asosiy bakalavriat kurslari boshlanishidan bir yil oldin o‘qitishni ta’minlaydigan boshlang‘ich umumiy ta’lim tizimi — Foundation faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozir Foundation kurslarida 298 nafar talaba tahsil olmoqda. Ta’lim jarayoni dastlab to‘liq shartnoma asosida tashkil etilganiga qaramasdan, 2019/2020 va 2020/2021 o‘quv yillarida Amiti universiteti (Hindiston)da bakalavrlar uchun 40 foizlik grant va 2021/2022 o‘quv yillarida 30 ta davlat granti ajratildi. Birinchi – 2019/2020 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 499 nafar talaba tanlovdan o‘tdi. Kirish imtihonlari to‘liq hindistonlik mutaxassislar tomonidan uch bosqichda o‘tkazildi. 2020/2021 o‘quv yili uchun imtihon topshirishga 11065 abituriyent hujjat topshirdi, ulardan 345 nafari tanlab olindi. Ya’ni, bir o‘ringa 30 tadan ortiq talabgorlar xujjat topshirgan. O‘zbekistonda birinchi marta kirish imtihonlari hindistonlik mutaxassislar tomonidan to‘liq onlayn o‘tkazildi. Bunda barcha jarayonga sun’iy intellekt tomonidan kuzatib borildi. Bugungi kunda universitetda jami 859 talaba tahsil olmoqda. Hozir muassasada 33 nafar chet ellik o‘qituvchi ishlaydi, ularning 60 foizi falsafa doktori — PhD darajasiga ega o‘qituvchilardir. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonga xorijiy davlatlarning har tomonlama qiziqishi ortib borayotgani, albatta quvonarli. Turli davlatlar qatori bugun Hindiston ham O‘zbekistonning muhim strategik hamkoriga aylanib bormoqda.
2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
Savol va javoblar
-
GPS qabul qilgichdan foydalanish uchun ruxsatnoma ta’lab qilinadimi?
Radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan ...
-
Xarid qilish va o‘rnatish uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnoma xujjatlari bundan oldingi egasiga berilgan bo‘lsa, bu xolda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish kerakmi?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 20...
-
71-76 GGs va 81-86 GGs radiochastota polosalaridan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun rasmylashtirish muddatini qisqartirish va soddalashtirish tartibi bormi?
Radiochastotalar bo‘yicha respublika Kengashining 2020...
-
Bino ichida Wi-Fi orqali internet tarqatish uchun ruxsatnoma olish kerakmi? Agar ruxsatnoma kerak bo‘lsa, kimga murojaat qilishim kerak? Ro‘yxatga olish muddatlari qanday?
2020-yil 29-oktabrdagi 612-sonli RCHRK qaroriga mu...
-
Radiochastota taqdimotlariga qo‘shni mamlakatlardan kelib tushayotgan halaqitli ta’sirlardan, xalqaro huquqiy himoyani qanday qilib rasmiylashtirsa bo‘ladi?
Radiochastota taqdimotlarining xalqaro huquqiy him...
-
O‘zbekiston Respublikasida radioelektron vositalarning radiochastota taqdimotlarini xalqaro huquqiy muhofaza qilishning asosiy choralari qanday?
radiochastota taqdimotini xalqaro muvofiqlashti...
-
Qanday radiochastota taqdiomtlari REVlarning turlari majburiy xalqaro muvofiqlashtirilishi va XRIda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak?
Barcha radiochastota taqdimotlari xalqaro muvofiqlashtirishg...
-
Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish nima?
Ma’lum davlatdan, qo‘shni davlat radioelektron v...
-
DVB-T2 standartida qaysi polosa kengligi ishlatiladi?
1,7; 5; 6; 7; 8 va 10 MHz. O’zbekiston Respublikasida ...
-
DVB-T2 standartidagi 8 MHz li polosa kengligidagi bitta televizion kanalda qancha raqamli televizion kanal efirga uzatilishi mumkin?
Uzatiladigan tasvirning sifatiga qarab. Standart sifatli SD ...
-
DVB-T2 standarti nima?
DVB standartlari guruhiga kiruchi Yevropa standartidagi ikki...
-
Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotadan foydalanish va REVni eksplustatsiya qilish uchun asos bo’la oladimi?
Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotadan foydalanish va...
-
Nima sababdan xona ichida radioaloqa barqaror emas yoki mutlaqo aloqa boʼlmaydi?
Xonani tashkil etuvchi devorlar radiotoʼlqinlarni soʼndiruvc...
-
Koʼp qavatli binolar ichida barqaror aloqaga erishish mumkinmi?
Bugungi kunda sotali aloqa signallarni kuchaytiruvchi maxsus...
-
Qoplash hududini qanday oshirsa bo`ladi?
Qoplash hududiga uzatuvchi antenna katta ta’sir ko`rsatadi. ...
-
UQT (УКВ) da 5 Vatt qaysi uzoqlikda eshitiladi?
Ushbu savolga aniq bir javob mavjud emas. Agar shaharda (uyl...
-
Bizning shahrimizda band bo`lmagan televizion kanallar ko`p, ya’ni qabulga sozlanib, hech qanday ko`rsatuv ko`rsatilmaydi, biroq ushbu kanal foydalanishga ham berilmaydi. Nimaga?
Halaqit beradigan TV (yoki Radioeshittirish) stansiyalari ta...
-
Turli xil zaruratlarda kerak bo`lgan, 1:200000 masshtabdagi topografik xaritalarni qayerdan olsa bo`ladi?
Savol: “O`zbekiston Respublikasi hududida radiochastotali s...
-
DVB-H (Digital Video Broadcasting – Handhelds)
DVB-H tizimi quyidagi multimediya xizmatlarni qo`lda olib yu...
-
DVB-H tizimining tashkil etilish tarixi
DVB-H tizimi– DVB standartlar orasida eng yangi maxsulot • ...
-
DVB-H ishlarini motivatsiyalash
Jamiyatning uyali aloqaga video ma`lumotlar va yangilikni q...
-
DVB-H tizimi xususiyatlari
DVB-Tga asoslangan,to`liq moslashuvchanlik. Mobil va qo`lda...
-
DVB-H tizimiga texnik talablarni ta`minlash usullari
Qabul qiluvchida energiyani saqlab qolish uchun ma`lumotlar...
-
DVB-H tizimi faoliyatining o`ziga xosliklari
DVB-H tizimi аvtonom tizim uzatgichi sifatida, yoki DVB-T ra...
-
DVB-H tizimi chastota o`ziga xosliklari
Diapazonlar: &nb...
-
DVB-H tizimi chastota o`ziga xosliklari
ECC REPORT 4 (Lisbon, January 2002) muvofiq DVB-H tizimi uc...
-
DVB-H tizimi chastota o`ziga xosliklari
TV diapazonlaridan tashqarida - 5 MGs polosalarida kanallar...
-
DVB-H tizimining spektral samaradorligi
Birgina radiokanal orqali 8 MGs polosasi orqali DVB-T/H tiz...
-
QVGA (320x240 piks.) uchun misol, 25 kadr/s, 250 kbit/s
DVB-H tizimkanali Asosiyparametrlar Miltipleksaxizmatla...
-
Vaqtni kavantlash va ma`lumotlar charxpalagi
DVB-T kabi DVB-H uzluksiz ma`lumot uzatish o`rniga o`z qvan...
-
Vaqtni kvantlashga misol
Agar elementar oqim uzatish tezligi 500 kbit/s ga teng bo`l...
-
DVB-H gipotetik qabul qiluvchilarni ma`lumotlarni buferlash modeli
1 –transportli oqim; 2 – qaytalanadigan paketlarsiz...
-
DVB-H tarmoq uzatgichlari
DVB-H o`ziga xos foydalanish – qo`lda olib yuriladigan term...
-
O`rnatish dasturi
Keyingi slaydlarda tarmoq konfiguratsiyasiga misollar beril...
-
Teleko`rsatuv va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to`sqinliklarni yo`qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?
Radiochastota spektri foydalanuvchilari o’zlarining radoelek...
-
H.264/MPEG 4.10 AVC standartda matnni kodlashtirish
МSE-Т/ISO/МEK H.264/MPEG-4 Part 10 AVC (H.264/AVC, ISO/IEC ...
-
H.264/AVC afzalliklari
Bir xil sifatli standart tasvir uzatishda MPEG-2 ga qaragan...
-
H.264/MPEG 4.10 AVC da transportlashtirish
MPEG-4 standartida transport darajasi aniqlanmagan. Ko`pchi...
-
Ovro`pa tavsiyanomasi
EBU (Tech 3307 “Service Requirements for Free-to-Air High D...
-
H.264/MPEG 4.10 AVC sandartida matnlarni kodlashritish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
raqamli TV dasturlar uzatish tezligiga bo`lgan talabni kama...
-
Sputnikli traktlar
Transponder 36 МGs; MPEG-2: 4,4 Мbit/s (ТSCh), 18 Mbit/s (T...
-
Radioto`sqinliklar bo`yicha arizalarni ko`rib chiqish va hal etish muddati qanday?
Radioto’sqinlilarni bartaraf etish bo’yicha arizalarni ko’ri...
-
Kerakli ravishda rasmiylashtirilmagan VOJAGER, SENAO, BADA, SONY, NOKIA, MOTOROLA, HARVEST va boshqa turdagi radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish qanday oqibatlargan olib kelishi mumkin?
O’zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.98 yild...
-
O`zbekiston hududida qanday radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish mumkin?
30.06.2000dan SEAO firmasining SN turdagi 568, 868, 968 mode...
-
O`zbekiston Respublikasi hududida qanday radioelektron vositalardan ruhsatnomalarni rasmiylashtirishsiz foydalanish mumkin?
O’zbekkiston Respublikasining Radiochastotalar bo’yicha Davl...
-
Televizion va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to`sqinliklarni yo`qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?
Radiochastota spektri foydalanuvchilari o`zlarining ra...
-
Kabelli teleko`rsatuv tarmog`ini (KTKT) ishlatishga ruhsat olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Yuridik yoki jismoniy shaxs KTKTning joylashgan joyi va ishl...
-
Raqamli uzatishga o`tish qanday imkoniyatlarga ega?
Asosiy imkoniyatlar: shovqinlarga bardoshlik xisobiga doi...
-
DVB-H tizimini doimiy ravishda ishlatadigan mamlakatlar
Albaniya – umummilliy tarmoq 23.01.2007 yil 50% dan ko`proq...
-
DVB-H tizimida ETSI standart
ETSI EN 302 304 V1.1.1 (2004-11) Digital Video Broadcasting...
-
DVB-H tizimi uzatish tezligi
Qabulqiluvchi turlari H.264/AVC darajasi Videoajrataol...
-
DVB-T/H uzatish rejimi
OFDM parametrlari Rejim 2k 4k 8k Turib turuvchilar...
-
H.264/AVC standart imkoniyatlari
Foydalalish senariyasi Kadrlar ajrataolish vachastotasi ...
-
H.264/AVC kodeklari evalyusiyasi (Thomson firmasi ma`lumotlari bo`yicha)
Sentabr2005 y. 2006 yilning2-yarmyilligi. 2-e полугоди...
-
MPEG-4 qurilmasini ishlav chiqaruvchilar
Kompaniya Qurilmalar Envivio Inc. 4Caster HD3 – TVCh ...
-
O`zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo`naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish tartib qoidalari qanday?
O`zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari baza...
Soha yangiliklari
-
20 may 2022
-
20 may 2022
-
19 may 2022
-
19 may 2022
-
18 may 2022
![]() |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |


