Korrupsiyaga toqatsizlik - har bir fuqaroning burchi bo‘lishi lozim

Ma’lumki, “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi. Bugungi kunga kelib butun dunyo iqtisodiyoti va rivojlanishiga korrupsiyaning salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Korrupsiyaga qarshi kurashish O’zbekistonda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz), yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va boshqa shu qator platformalar bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning eng samarali instrumentlari bo‘lgan ochiqlik va shaffoflik hamda jamoatchilik nazorati tamoyilini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlat rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur” - deb bejiz ta’kidlamadilar. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish, muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga aylanishi lozim.

Qonun hujjatlarining chuqur o‘zlashtirilishi korrupsiyaga qarshi kurashning ma’rifatli yo‘li ekanligi hamda korrupsiyaning oldini olishda har bir fuqaro faollik ko‘rsatsagina, ko‘zlangan natijani berishi mumkin.

 

1-darajali radiooperator A.Shimbergenov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali