“EMMM” DUK xodimlari Toshkent-Samarqand magistral avtomobil yo‘lida mobil aloqa sifatini o‘rganish bo‘yicha radiomonitoring ishlarini olib bordilar

Bugungi kunda hududlarni o‘zaro bog‘lab turgan yo‘llar va yo‘l chetlarida yaratilgan infratuzilmalar aholiga bevosita xizmat ko‘rsatishi bilan bir qatorda turizm sohasini rivojlanishini bir omili sifatida qaraladi. Chunki dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sayyohlar go‘zal go‘shalarni tomosha qilishi, tarixiy obidalarni o‘rganishi davrida qulay shart-sharoitlarga moslashmoqdalar. Bu esa turizm sohasida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish talablarini qo‘ymoqda. O‘z navbatida barcha sohalar kabi telekommunikatsiya sohasida ham bunday obyektlardan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini takomillashtirish ustida samarali ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilda Elektromagnit moslashuv markazi DUK xodimlari tomonidan reja asosida Toshkent-Samarqand magistral avtomobil yo‘lida mobil aloqa tarmoqlarining sifatini baholash ishlari olib borildi.

 

Qamrov zonalarini baholash har bir mobil aloqa operatori uchun foydalaniladigan uyali aloqa 2G, 3G va 4G standartlarining har biri bo‘yicha alohida, maxsus test uskunalaridan foydalangan holda, drayv test usulida amalga oshirildi.

 

Tahlil natijalariga muvofiq mobil aloqa va internet sifatini yanada yaxshilash borasida taklif mulohazalar bildirildi.

Mobil aloqa sifatini o‘sishi nafaqat turizm salohiyatini yuksaltirish, balki mazkur hududlarda ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi yashash maskanlarining telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijrochi: RNTRX yetakchi muhandisi T.Xidoyatov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali