“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida o‘quv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK markaziy apparati xizmat va bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv seminari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi ish faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni mazmun-mohiyatlarini tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK

IYBIChJSNQX 1-toifali muhandisi R.Ganiev

 


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali