E’lon: Islom diniga oid o‘zbek tilidagi birinchi kompyuter dasturi va qidiruv tizimi tashkil etildi

“YURIDA” huquqiy-axborot tizimi offlayn dasturining internet tarmog‘ida ishlaydigan YURIDA-ONLINE axborot-qidiruv tizimi ishga tushirildi. Qidiruv tizimi bo‘yicha quyidagi yangi yo‘nalishlar ochilib, ularning bazasi shakllantirildi:

  1. YURIDA-ISLOM axborot-qidiruv tizimi – O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan 2020-yil 21-dekabrdagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq ishlab chiqilgan Islom diniga oid risola, maqola, ma’lumotlarni o‘z ichiga jamlagan birinchi kompyuter dasturi. Ushbu maxsus qidiruv tizimi orqali siz o‘zingiz uchun kerak bo‘lgan yoki muammoli savol bo‘lgan biror bir mavzuga oid ma’lumot yoki maqolalarni tez qidirib topishingiz, tanishib chiqishingiz, shuningdek undan nusxa olib foydalanishingiz mumkin. Ushbu maxsus bazadagi barcha hujjat, risola, dunyoviy mazmundagi maqolalar va ma’lumotlar matnlari O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot nashrlaridan, rasmiy saytidan, hududiy vakillar rasmiy saytlaridan, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan xulosalarga muvofiq chop etilgan kitoblardan olingan.

  2. YURIDA-MATBUOT axborot-qidiruv tizimi – 2022-yil 16-fevraldagi O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlik kelishuviga muvofiq ishlab chiqilgan respublikamizdagi gazeta va jurnallarda chop etilayotgan maqolalarning elektron matnlaridan tashkil topgan maxsus baza hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari orasida bosma OAV, ya’ni gazeta va jurnallarning elektron obunasi tashkil etilgan o‘zbek tilidagi birinchi hamda hozirda yagona elektron platforma bo‘lgan axborot-qidiruv tizimi.

  3. YURIDA-ADABIYOT axborot tizimi – O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi bilan 2022-yil 25-martdagi hamkorlik kelishuviga muvofiq ishlab chiqilgan mamlakatimiz yozuvchi, shoir, olimlari asarlari va kitoblarining elektron matnlaridan tashkil topgan maxsus baza, elektron kitob savdo platformasidir. YURIDA-ADABIYOT elektron platformasining asosiy vazifasi kitobxon uchun zarur bo‘lgan muqaddam kam tirajda chiqarilgan yoki ancha vaqt oldin chiqarilgan, hozirda topishning imkoni bo‘lmagan asarlarni bazasiga joylashtirish orqali shu asarlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan iborat.

Yuqorida ko‘rsatilan barcha platformalarda kitoblarning matnlari elektron rasm (PDF, JPEG, TIF, DJVU) ko‘rinishida emas, balki Windows Word tahrirlash dasturidagi matn ko‘rinishida joylashtirilgan. Bu qulaylik foydalanuvchiga qidiruv funksiyasi bilan har qanday kalit so‘z orqali kerakli ma’lumotni onson qidirib topish, matnning qismidan nusxa ko‘chirib olish, o‘zaro o‘xshash asarlarni tahlil qilish imkonini beradi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.A.Turgunova


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali