Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ramazon hayti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston xalqini, shuningdek, barcha mo‘min-musulmonlarni ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat bayrami – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi. Bugungi qutlug‘ va barokatli kunlarda Ramazon oyining fayzu tarovatidan bahramand bo‘lib, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va eʼtibor ko‘rsatish, ehtiyojmand insonlarga beg‘araz yordam berish singari savobli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bunday olijanob maqsad va harakatlar mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, xalqimizni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlarimizning maʼno-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekanligi ayniqsa eʼtiborlidir. Mamlakatimiz hayotining boshqa sohalarida bo‘lgani kabi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida ham amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar aholimiz turmushi farovonligi uchun qaratilgan bo‘lib, respublikamizning yana-da taraqqiy topishida, jahon sahnida o‘z o‘rni va ovoziga ega Yangi O‘zbekistonni barpo qilishda soha xodimlarining ham hissasi borligidan mamnunmiz! Shu o‘rinda, dunyoning turli hududlarda sodir bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlar, notinchliklaru buzg‘unchiliklarni kuzatib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetishimiz va albatta, buning uchun Yaratganga shukr qilishimiz o‘rinli ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz. Aziz vatandoshlar! Sizlarni yana bir marta muqaddas Ramazon hayiti bilan chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin! Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali