ANDIJON VILOYATIDA QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQLARI O‘TKAZILDI

2022-yilning 10-12-may kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

 

Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqini o‘tkazish uchun maxsus ssenariy tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2022-yil 10-may kuni soat 05:30da Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati, O‘sh shahridan 50 km janubiy sharqiy-yo‘nalishdagi “Kichik oloy” tizmasi “Kora kul” tog‘larida Rixter shkalasi bo‘yicha 5-6 balli yer silkinishi sodir bo‘lgan.

Zilzila episentridan 30 km radiusdagi aholi yashash punktlari va iqtisodiyot obyektlarida to‘liq vayronliklar va 60 km masofadagi hududlarda kuchli va o‘rta vayronliklar sodir bo‘lgan. Viloyatning Xo‘jaobod, Buloqboshi va Marhamat tumanlari aholi yashash punktlari va iqtisodiyot obyektlarida kuchli va o‘rta kuchlanishdagi talofatlar yuzaga kelganligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining ushbu favqulodda vaziyatlarning asoratlarini kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha harakatlarini takomillashtirish maqsadida FVDT organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari jalb etildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadini yoyish va ko‘p sonli jabrlanganlarni qabul qilish, yong‘in bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofat ko‘rgan binolardan jabrlanganlarni qidirib topish va xavfsiz hududga ko‘chirish kabi bilim va ko‘nikmalar berildi. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi organlari xodimlarining soha yo‘nalishidagi bilim-ko‘nikmalari oshirildi.

 


 

Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida Andijon viloyati EMM xizmati xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi Shodmonov U.B.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali