Bo‘lg‘usi IT mutaxassislari uchun mahorat darsi

Axborot texnologiyalari nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyo miqyosida jadallik bilan rivojlanayotganligi sababli, IT mutaxassislariga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Poydevor mustahkam bo‘lishi, shuningdek, ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarni oshirib borish uchun AKT sohasiga qiziqishni yoshlikdan boshlash kerakligi barchamizga ma’lumdir. Shu munosabat bilan Samarqand viloyatidagi informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi hamda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyatdagi bo‘linmalari rahbar va malakali mutaxassislari tomonidan o‘quv seminarlari, master klasslar va davra suhbatlarini o‘tkazish reja-jadvali tasdiqlangan

Ushbu reja-jadvalga muvofiq Samarqand viloyati EMMX mutaxassislari tomonidan IT maktab o‘quvchilari uchun o‘quv seminarlari va davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning may oyida Samarqand viloyati EMMXning 1-toifali muhandisi A.Olmasov va 2-toifali tarmoq muhandisi M.Umirzakovlar tomonidan Jomboy tumanidagi 23-informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarda o‘quvchilarga “Radiochastota spektridan foydalanish mezonlari hamda Radiomonitoring jarayonini amalga oshirish tartibi va unda ishlatiladigan o‘lchov qurilmalari” mavzusida taqdimot o‘tkazildi. O‘quv seminarda o‘quvchilarning barcha qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX

1-toifali muhandisi Olmasov A.A.

 


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali