Navoiy Axborot texnologiyalari texnikumida mahorat darsi tashkil etildi.

Joriy yilning may oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi soha korxona va tashkilotlarning Navoiy viloyati quyi tarkibiy bo‘lim va filiallari tomonidan ustoz-shogird tamoyili asosida mashg‘ulotlar o‘tish chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Navoiy Axborot texnologiyalari texnikumi talabalariga Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxasis xodimlari tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darslarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimizda aloqa va axborot texnologiyalari sohasining jadal o‘sib borayotganligi. Bu esa davlatimizni rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.

Talabalarga “EMMM” DUKning faoliyati va radiochastota spektri to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Navoiy viloyati EMMX xodimlari tomonidan olib borilgan dars mashg‘uloti va zamonaviy uskunalar haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va batafsil ma’lumotlar olishdi.

Talaba va murabbiylar tomonidan, mahorat darsi qiziqarli ruhda o‘tganligi ta’kidlandi va ushbu mahorat darsi uchun Navoiy viloyati EMMX mutaxassis xodimlariga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdilar.

Navoiy viloyati EMMX

1-toifali muhandisi J.J.Karimov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali