Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

2022-yil 19-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasi rahbariyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati bilan birgalikda Nukus shahrida ZOOM ilovasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulga “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘i o‘rinbosari A.Xashimxodjayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i I.Reimov boshchilik qildilar.

Qabulda O‘zR.ATSNBDI QR hududiy inspeksiyasi, “Unitel” MCHJ, “Uzmobile” filiali QR bo‘linmasi, QR Radiotelevizion uzatish markazi, “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali, “Qoraqalpog‘iston hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “UzKorGaz” QK va “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKdan rahbar va mas’ul xodimlar qatnashdilar.

O‘zbekiston Respublikasida soha faoliyatini rivojlantirish va tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish hamda ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va vakolatlari doirasida hal etish choralarini ko‘rish borasida “EMMM” DUK boshlig‘i o‘rinbosari A.Xashimxodjayev ma’ruza qildi. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash hamda ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar va zamonaviy texnologiyalarni sohamizga kirib kelishi hamda kelgusidagi rivoji haqida suhbat bo‘ldi.

Ma’ruzachi – I.Reimov Axborot texnologiyalari sohasida bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan bir qancha muammolar xususida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish yangi texnologiyalar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari, atom energetikasini rivojlantirish dasturining sohamizga bog‘liqlik tomonlari, raqamli televideniye, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, chastotalarni xalqaro muvofiqlashtirish, uning muammolari va yechimlari , 5G texnologiyasini joriy etilishi, Wi-Fi tizimini rivojlantirish, afzalliklari va kamchiliklari, ruxsatnoma berish tizimini soddalashtirish masalalari, mobil aloqa tizimlarini rivojlanishi va yangi standartlarni qabul qilish davrida mavjud bo‘layotgan muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilari bilan qizg‘in bahs-munozara tarzida olib borildi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali