Tuproqqal’ada telekommunikatsiya imkoniyatlari kengaymoqda

“O‘zbektelekom” AK respublika bo‘ylab aloqa sohasidagi mavjud infratuzilmalarni zamonaviylashtirish va bu orqali eng chekka hududlarda ham sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini ta’minlash borasidagi ishlarni faol davom ettirmoqda. Bu kabi faoliyatlar Kompaniyaning filiallari tomonidan ham amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Tuproqqal’a tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi mutaxassislari tomonidan joriy yil boshidan hududdagi eng chekka manzillar hisoblanuvchi, tuman markazidan 100 km uzoqlikda joylashgan Sorimoy MFY hududiga 26 km, Nukus MFY hududiga esa 16 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Shuningdek, ushbu hududlarga OLT qurulmasi o‘rnatilib, aholining yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaxshilandi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali