Inha universitetida “EPAM Insider: Tashkent” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

22-may kuni Inha universitetida IT Park rezidenti EPAM Systems tomonidan “EPAM Insider: Tashkent” konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Ayupov, Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov, EPAM Uzbekistan bosh direktori Renat Axtyamov, shuningdek, IT sohasi mutaxassislari hamda universitet talabalari ishtirok etdi. Anjumanda IT sohasida karyera qurish, sohaga endi kirib kelayotganlar qatorida tajribali mutaxassislar uchun rivojlanish istiqbollari, IT-ta’lim yo‘nalishlari, ish joyida ijobiy muhit yaratish mavzulari e’tibor markazida bo‘ldi. Bundan tashqari, real holatlardan misol tariqasida ekspertlar Forbes Global 2000 roʻyxatidan o‘rin olgan turli texnologiyalar, kompaniya loyihalari, yirik jahon brendlari uchun ishlab chiqilgan yechimlardan foydalanish boʻyicha oʻz tajribalari bilan bo‘lishdilar. Shuningdek, tadbir davomida FrontSpot, DevOps Minsk, JaCoV, ProNet, Agile Uzbekistan, ProQuality, MJC, GDG Tashkent kabi IT-hamjamiyatlari taqdimoti o‘tkazildi. Mutaxassislar uchrashuv ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berib, tadbir so‘ngida sovrinlar o‘ynaldi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda EPAM Insider anjumani ilk bor 2019-yilda o‘tkazilgan. 2022-yilda konferensiya turli mamlakatlardan soha vakillarini birlashtirib, global sanoat tendensiyalarini muhokama qilish uchun platforma sifatida xizmat qildi. “EPAM Systems” raqamli va jismoniy mahsulotlar va platformalarni ishlab chiqish boʻyicha yetakchi kompaniyalardan biri hamda raqamli transformatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 2021-yilda EPAM Systems S&P 500 fond indeksi va Forbes Global 2000 – dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar roʻyxatidan oʻrin olgan. “EPAM Systems” 5 qit’ada 45 dan ortiq mamlakatlarda jamoalarga ega va “Newsweek” jurnali tomonidan AQSHning eng sevimli ish joylaridan biri (“America’s Most Loved Workplaces 2021”) deb topilgan. “EPAM Systems” “Fortune” jurnalining “100 ta jadal rivojlanayotgan kompaniyalar” roʻyxatiga ham kiritilgan. “Consulting” jurnaliga koʻra “EPAM Continuum” eng tez rivojlanayotgan 20 ta kompaniyalardan biri sifatida e’tirof etilgan.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali