Qoratovda zamonaviy telekommunikatsiya ko‘lami kengaymoqda

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK va uning joylardagi filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar respublikamizning olis hududlarda ham o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan Nukus shahridan 90 km uzoqlikda joylashgan “Qoratov” MFY hududi aholisiga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratib berildi. Filial tomonidan ushbu hududga 8 km optik tolali aloqa kabeli tortib borilib, sig‘imi 512 portga mo‘ljallangan OLT qurilmasi o‘rnatildi. Aytish joizki, joriy yil boshidan hozirga qadar ushbu MFY hududida umumiy 15 km optik tolali aloqa kabellari tashkil qilinib, hududdagi barcha ijtimoiy obyektlar to‘liq telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlangan.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali