“EMMM” DUKda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri bo‘lib qolmoqda. Korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilangan.

Bugungi kunda mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni targ‘ib qilish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida 2022-yil 19-20-may kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari mas’ul xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat” mavzusida 2 kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari nomzodi, dotsent Shukurov Rafik Ravilyevich hamda yuridik fanlari nomzodi, dotsent Rahmonov Shuxrat Naimovich ma’ruza qildilar.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tegishli normativ hujjatlar to‘g’risida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan komlayens nazorat tizimining mohiyati to‘g‘risida va “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi”da belgilangan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlar atroflicha tushuntirib berildi.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali