“Yangi O‘zbekiston va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida O‘zbekiston–Koreya xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 27-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Yangi O‘zbekiston va axborot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang, Koreya Respublikasining Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) vitse-prezidenti Pak Jong Xyon, shuningdek, Koreyaning bir nechta yetakchi IT kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi. “O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari strategik hamkor bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik rishtalari kundan kunga mustaxkamlanib bormoqda. Buning tasdig‘i sifatida, 2022 yil dovomida ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilganining 30 yilligi keng nishonlanayotganligidir. Xabaringiz bor, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik uzoq tarixga ega. Ishonch bilan aytish mumkinki, davlatlarimiz hozirda juda yaqin siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar bosqichida. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil dekabr oyidagi tashrifi Koreya-O‘zbekiston munosabatlari tarixida yana bir muhim voqea bo‘ldi”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov forum davomida so‘zlagan nutqida.  AKT vaziri BPO va KPO yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha ham koreyalik hamkorlar bilan istiqbolli rejalar ishlab chiqilganini qayd etdi. Xizmatlar eksportini oshirishda ularning bevosita ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Forum mamlakatimizda Koreya IT-tashkilotlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan islohotlar va hamkorlik istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasida IT-bozorida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish, ularga yoshlarni keng jalb etish masalalariga bag‘ishlandi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali