Samarqand viloyati hokimi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Astrum” IT akademiyasiga tashrifi doirasida viloyat hokimlariga bir oy muddatda “Astrum” IT akademiyasiga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq bergandi. Shu belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. Akademiyaga tashrifdan maqsad – IT sohasini rivojlanishiga hissa qoshib, sohaga qiziqqan yoshlarga barcha qulayliklarni yaratish. Uchrashuv yakuni bo‘yicha fikr mulohazalar almashinib, Samarqand viloyatida ham yoshlarga IT sohasini rivojlantirish uchun IT Akademiya tashkil qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilishi belgilandi.  

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali