Turg`un va yo`ldoshli aloqa bo`limi

 

 Kerimov Shuhrat Tursunovich

Bo’lim boshlig’i
Email: kerimov@cemc.uz
Telefonlar: +998 95 340-41-04, +998 95 340-41-05

 

VAZIFALARI
Turg`un va yo`ldoshli aloqa Bo`limining asosoiy vazifalari:

Radiochastotali spektrdan foydalanish va turg`un va yo`ldoshli REV EMM ta’mini sohasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilish.
Radiochastotali spektrdan foydalanish, turg`un va yo`ldoshli REV elektromagnit moslashuvini ta’minlash bo`yicha EMMM texnik siyosatini olib borish;
Turg`un va yo`ldoshli aloqa REV ga bog`liq bo`lgan telekommunikasiya sohasidagi yangi texnologiyalarni o`rganish va ularni korxona ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish;
Radiochastotali spektr (RChS) dan foydalanishdagi huquqiy bazani yaratishda ishtirok etish;
REV turg`un va yo`ldoshli aloqa radiochastotali o`zlashtirishlarining hisobotini tashkil qilish va olib borish;
Turg`un va yo`ldoshli aloqa radiochastotali spektrdan foydalanishni rejalashtirishda ishtirok etish;
Turg`un va yo`ldoshli aloqa REV hisobotini olib borish va radiochastotalarni taqsimlash masalalari bo`yicha, tuzilmaviy bo`lim xizmatlari faoliyatining koordinasiyasi;
O`zbekiston Respublikasi diplomatik va konsul vakolatxonalarining turg`un va yo`ldoshli aloqa radio vositalarining hisoboti, registrasiyasi va qayta registrasiyasini olib borish;
Turg`un va yo`ldoshli aloqalari RChS va REV dan foydalanish sohasida EMMM boshqa tuzilmaviy bo`limlari bilan hamkorligi;
ATKRV farmoyishlari va RchRK Nizomlari asosida normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
RchRK tomonidan ajratilgan radiochastotali chiziqlarida turg`un va yo`ldoshli aloqa REV uchun radiochastotalardan foydalanish, ularni belgilash va hisobotini olib borish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Turg`un va yo`ldoshli aloqa radioelektron vositalarni O`zbekiston Respublikasi hududida sotib olish va o`rnatish, loyihalashtirish va qurish, ulardan foydalanish va chet eldan olib kirish uchun ruxsatnomalar berish; Turg`un va yo`ldoshli aloqa Rev radiochastotali spektrdan foydalanish imkoniyatlarini va shartlarini aniqlash maqsadida, O`zbekiston Respubllikasi turli yuridik va jismoniy shaxslar arizalari bo`yicha, ekspertizalarni amalga oshirib, natijalarni tayyorlash.


FUNKSIYALARI


Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, turg`un va yo`ldoshli aloqa Bo`limi:
Turg`un va yo`ldoshli aloqa REV lari uchun chastotalarni taqsimlash tartibining reglamentini olib boruvchi direktiv hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Turg`un va yo`ldoshli aloqa REV larni olib kirish, o`rnatish (sotib olish), qurish va ulardan foydalanish huquqi bo`yicha arizalarni ko`rib chiqib, ruxsatnomalar taqdim etadi.
EHM yordamida, RChS dan foydalanish tahlilini bajaradi va REV EMM ga arizalar hisobotini olib boradi.
Radiochastotalar egalarining mavjud bo`lgan va kelajakda paydo bo`lishi mumkin bo`lgan ehtiyojlarining tadqiqotini olib boradi.
Boshqa radiochastotalar organlari bilan o`zlashtirilgan taklif etilgan chastotalar koordinasiyasini amalga oshiradi.
Markazga yo`naltirilgan, qaysi idoraga tegishli bo`lishidan qat’iy nazar (fuqarolarga yo`naltirilgan) respublika hududlari bo`ylab, hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyati markazlashmagan turg`un va yo`ldoshli aloqa REV larini ro`yhatdan o`tkazish va ro`yhatdan qayta o`tkazish hisobotlarini olib boradi.
O`zining vakolatlari doirasida, viloyat tuzilmaviy bo`limlarining faoliyati nazoratini olib boradi.
Turg`un va yo`ldoshli aloqa REV EMM masalalari bo`yicha texnik o`quvni tashkil qiladi va amalga oshiradi.
Viloyat tuzilmaviy bo`limlarning hisoboti formalarini, ruxsatnoma va so`rovnomalar blanklarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Turg`un va yo`ldoshli aloqa REV va EMM ta’mini bo`yicha konsultativ xizmatlarini amalga oshiradi.
O`z faoliyati masalalari bo`yicha, viloyat tuzilmaviy bo`limlarga kerakli darajada yordam ko`rsatadi.
Viloyat tuzilmaviy bo`limlar hisobot ma’lumotlarini oladi, ularning hisob va turg`un va yo`ldoshli aloqa REV EMM faoliyatidagi masalalari bo`yicha tahlilini olib boradi va uni EMMM boshqaruviga taqdim etadi.
Belgilangan tartibdagi chastotalar va maydonchalar (joylashtirish o`rinlari)ni respublikadagi boshqa radiochastotali organlari bilan muvofiqlashtiradi.
Turg`un va yo`ldoshli aloqa radiospektrning bandligi, hamda alohida tarmoq va radiostansiyalar to`g`risida ma’lumotlarni yig`adi.
Lisenziyalashga tegishli bo`lgan turg`un va yo`ldoshli aloqa radiochastotalar xizmatidan foydalanish imkoniyatlari to`g`risidagi texnik natijlarni ATKRVga tayyorlab beradi.
Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning turg`un va yo`ldoshli aloqa chastotalarni taqsimlash bo`yicha arizalarning texnik ekspertizasini amalga oshiradi va ulardan foydalanish bo`yicha shartlarni ishlab chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi TIV ning diplomatik va konsul vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilganlar uchun chastotalarni taqsimlash bo`yicha arizalarning texnik ekspertizasini amalga oshiradi. Ularning registrasiyasini o`tkazadi.
O`z vakolatlari doirasida, RchRK bilan hamkorlikda ish yuritadi. Chegaradosh mamlakatlarning aloqa ma’muriyati bilan turg`un va yo`ldoshli aloqa radiochastotalar o`zlashtirishlari bo`yicha arz qilingan, xalqaro koordinasiya (moslashuvi)ni o`tkazish zarurligini aniqlaydi.

Rahbariyat tomonidan audit yoki tahlil o`tkazilish paytida, aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf qiladi (to`g`irlash ishlarini olib boradi).



Talabnomani yuborish

+ 998 71 230-61-32, + 998 71 230-61-42, + 998 71 230-61-38


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali