Harakatdagi radioaloqa bo'limi

 

Nishanov Uygun Utkirovich

Bo’lim boshlig’i
Email: nishanov@cemc.uz
Telefonlar: +998 95 340-41-02, +998 95 340-41-03

 

Harakatdagi radioaloqa bo’limi o’z faoliyatida O’zbekiaton Respublikasining “Radiochastota spektri to’g’risida” va “Telekommunikatsiyalar to’g’risida” gi  qonunlari va adliya vazirligida 1999yil 13 aprelda 700-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanish tartibi to’g’risida” gi nizom, RChDKning qarorlari, EMMM nizomlari va Bo’lim to’g’risidagi nizo,dan foydalaniladi.

Ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda harakatdagi radioaloqa bo’limi (HRAB)  talabnomalarni ko’rib chiqib, harakatdagi radioaloqa (fuqaro) REVlariga (sotib olish, loyihalashtirish, o’rnatish va foydalanish uchun) ruxsatnoma beradi.HRAB quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Harakatdagi radioaloqa radiochastota spektridan foydalanishni rejalashtirish va radiochastotadan foydalanishning huquqiy bazasini ishlab chiqishda qatnashadi;

2. RChDK tomonidan ajratilgan radiochastota polosalarida REVlardan foydalanishni rejalashtirishni tashkillashtiradi;

3. O’zbekiston Respublikasidagi jismoniy va yuridik shaxslarning talabnomalariga muvofiq, harakatdagi radioaloqa REV radiochastota pektridan foydalanish usullari bo’yicha texnik ekspertiza  o’tkazishni tashkillashtiradi;

4. O’zbekiston Respublikasi hududida harakatdagi radioaloqa REVlarni chetdan olib kirish, xarid qilish, loyihalashtirish va o’rnatishga uchun ruxsatnomalar beradi;

5. Radiochastota spektridan samarali foydalanish hisobini olib boradi va harakatdagi radioaloqa vositalarni kelgusidagi rivojlanishiga chastota resurslarini ajratadi, shuningdek fuqaro REVlarini rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish ishlarini bajaradi.

6. Elektromagnit moslikni ta’minlash bo’yicha ko’rsatmalar beradi va litsenziyalashga moyil harakatdagi radioaloqa radiochastotalaridan foydalanish bo’yicha texnik xulosalar beradi.

Ro’yxatga olish “O’zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanish tartibi to’g’risida” gi nizomga muvofiq (Adliya vazirligida 13.04.99 yilda 700-son bilan ro’yxatga olingan) amalga oshirilari.

 

Harakatlanuvchi radioaloqa bo`limi (HRAB)

Harakatlanuvchi radioaloqa bo`limi quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:
- Foydalanuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) arizalarini ko`rib chiqish va radiochastotalar ishlovchi diapazonlariga qarab, radioelektron vositalarni olib kirishga, sotib olish va o`rnatish, loyihalashtirish va qurish, ruxsat beruvchi muvofiq hujjatlarni rasmiylashtirish:
1) 3 – 30 MGs diapazonidagi QT radiostansiyalarga, Toshkent shahri va Toshkent viloyati;
2) 33.0 – 48.5 MGs, 57.025 – 57.500 MGs (Toshkent shahri va Toshkent viloyati), 150 – 174 MGs, 300 – 344 MGs, 450 – 470 MGs, 806 – 821 MGs, 851 – 866 MGs (O`zbekiston Respublikasi barcha hududlarida) diapazonidagi UQT;
3) Abonent terminallariga (mobil radiotelefon, radiomodem va boshqalarga);
- Arzchilarning murojaati bo`yicha, ТН ВЭД 8525 va 8517 kodi ostida olib kirilgan, DRChQ 14.07.2008yildan Qaror № 2/8 ga binoan Fuqarolar kategoriyasiga tegishli bo`lgan, radioelektron vositalar to`g`risidagi ekspert xulosasi;
- Radioqabul halaqitlar haqidagi arzlarni ko`rib chiqishga yordam beradi;
- Si-Bi diapazonidagi (26.965 – 27.860 MGs) radiostansiyalardan foydalanishga xulosalar chiqaradi;
- Elektromagnit moslashuv Markazida ro`yhatdan o`tkazilishi kerak bo`lgan asbob-uskunalarga xulosalar chiqariladi;
- Elektromagnit moslashuvini ta’minlash bo`yicha, harakatlanuvchi radioaloqa radiochastotalardan foydalanish imkoniyatlari to`g`risidagi texnik xulosalar chiqarish bo`yicha kosultasiyalar o`tkazadi;
- Diplomatik va konsul vakolatxonalardan (O`zbekiston Respublikasi TIV orqali murojaat) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo`yicha arizalarni ko`rib chiqadi.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali