Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo`limi

 

Rixsibayev Pulat Isabayevich

Bo’lim boshlig’i v.b.
Email: rixsibaev@cemc.uz
Telefonlar: +998 95 340-41-07

 

Elektromagnit Moslashuv Markazida kosmik va er usti REVlarning xalqaro huquqiy himoyasi bo`yicha savollarni hal etish uchun o`zlashtirilgan radiochastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish bo`limi tashkil qilingan.

O`zbekiston Respublikasidagi REV o`zlashtirilgan chastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish quyidagi turdagi hizmatlarni tashkil etadi:

  • radioeshittiruv
  • quruqlikda harakatlanuvchi
  • doimiy
  • sputnikli


Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi quyidagi davlatlar bilan o`zlashtirilgan radiochastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish bo`yicha ikkiyoqlama bitimga ega:

  • Qirg`iziston Respublikasi bilan: ``O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi radioxizmatlari foydalanadigan 29.7 - 960 MGs radiochastota polosasidagi o`zlashtirilgan radiochastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish to`g`risida``gi O`zbekiston Respublikasi va Qirg`isiston Respublikasi hukumatlari o`rtasidagi o`zaro bitim.
  • Tojikiston respublikasi bilan: ``O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi radioxizmatlari foydalanadigan 30 - 1000 MGs radiochastota polosasidagi o`zlashtirilgan radiochastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish to`g`risida``gi O`zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlari o`rtasidagi o`zaro bitim.
  • Turkmaniston bilan: ``O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi radioxizmatlari foydalanadigan 29.7 - 960 MGs radiochastota polosasidagi o`zlashtirilgan radiochastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish to`g`risida``gi O`zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi hukumatlari o`rtasidagi o`zaro bitim.


Radiochastota va REVlarni xalqaro miqyosda o`zaro muvofiqlashtirish va ro`yxatdan o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasining ``O`zbekiston  Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektr vositalardan foydalanishni boshqarish to`g`risida``gi Nizomi orqali, O`zbekiston Respublikasining ``O`zlashtirilgan radiochastotalarini xalqaro-huquqiy muhofazasi to`g`risida``gi Nizomi orqali, ``O`zlashtirilgan radiochastotalarni o`zaro muvofiqlashtirish to`g`risida``gi hukumatlararo Kelishuvning moddalari orqali va Xalqaro Radioaloqa Reglamentining Nizomlari orqali belgilangan.

O`zlashtirilgan radiochastotalardan foydalanish uchun ruxsat olish va hujjatlarini rasmiylashtirishda REVning radiochastota nominallari va texnik xarakteristikalari Respublikaning kerakli muassasalari bilan muvofiqligi tekshirilgandan so`ng, REVning o`zlashtirilgan radiochastotalari va texnik xarakteristikalarining ushbu REVni o`rnatish va ishlatish bo`yicha aloqador bo`lgan chet el Aloqa boshqarmalari bilan muvofiqligini tekshirish zarurligi yoki yo`qligini aniqlanadi va amalga oshiriladi.

Turli xil hizmatlarning REV o`zlashtirilgan radiochastotalarini o`zaro muvofiqlashtirishda va ro`yxatga olishda Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqi (XEI) tomonidan ishlab chiqilgan kerakli formalar ishlatilinadi.

REV o`zlashtirilgan radiochastotalarni XEI da xalqaro miqyosda o`zaro muvofiqlashtirish va ro`yxatga olish paytida ba`zi hollarda arizachiga so`ralgan REV o`zlashtirilgan radiochastotalarlarni vaqtinchalik ishlatishga ruhsat berish mumkin.

Kerakli Aloqa boshqarmalaridan rozilik olingandan so`ng XEI da ro`yxatdan o`tish uchun (rozililik olingan Aloqa Boshqarmalari ko`rsatmalari asosida) kerakli arizalar yuboriladi.

Boshqarmalar tomonidan rad javobi berilganda yoki biror-bir kamchilik ko`rsatilgan holda elektromagnit holat qayta tekshiriladi va barcha imkoniyatlardan foydalanib muammolar hal etiladi.

Agar so`ralayotgan REV o`zlashtirilgan radiochastotalarning Boshqarmalar bilan o`zaro muvofiqlashtiriluvi va texnik xarakteristikasi talab etilmasa, xalqaro qonunlarning buzilmasligini ta`minlash maqsadida hujjatlar Xalqaro chastotalar registrida ro`yxatdan o`tkazilishi uchun XEI ga yuboriladi.

O`zlashtirilgan radiochastotalar Xalqaro radiochastotalar ro'yxatiga kiritilgandan keyin va Xalqaro chastotalar ro`yxati yangilangan so`ng REV ni ishlatishga doimiy ruhsatnoma olinadi.

Aloqa boshqarmalari bilan muvofiqlashtirish xizmatlari va Xalqaro radiochastota o`zlashtiriluvlar tashkilotida ro`yxatdan o`tish uchun to`lovlar amaldagi Tariflar asosida (01.04.2004 dan amalga kiritilgan) amalga oshiriladi.

Bog`lanish telefoni:

+998 71 230-61-30, +998 71 230-61-35


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali