Buxgalteriya

 

Rasulev Mumin Xalikovich

Bo’lim boshlig’i
Email: rasulev@cemc.uz
Telefon: +998 71 230-64-61
Faks: 8-371-120-30-22

 

Vazifalari

  • korxonaning moliyaviy-xo`jalik hisob faoliyatini tashkil qilish;
  • korxonaning uzoq muddatli moliaviy- mablag` siyosatini ishlab chiqish;
  • asosiy fondlarni, aylanma vovositalarni va moliyaviy resurslarni saqlash hamda ulardan samarali foydalanish bo`yicha, EMMM faoliyatini tashkillashtirish;
  • byudjet hamda boshqa davlat muassasalari, banklar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan o`zaro hisob-kitoblarni vaqtida amalga oshishini ta'minlash;
  • korxonaning moliyaviy va mulk resurslaridan foydalanishni nazorat qilish;
  • O`zbekiston Respublikasining moliyaviy-kredit va soliq Qonunchiligiga amal qilishni nazorat qilish;
  • xo`jalik-moliyaviy faoliyatdagi salbiy hodisalarni vaqtida oldini olish, ichki xo`jalik rezervlarni aniqlash va jalb qilish.

Funksiyalari

  • belgilangan muddatda kvartal kassa rejalarini tuzish va ularni bank muassasalariga taqdim etish.
  • belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar, ko`rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to`lov topshiriqlarni bank muassasalariga topshirish; hisob to`lovlarini vaqtida yozib berish va xaridorlardan talab qilinadigan vositlarni vaqtida qabul qilish uchun archa choralarni ko`rish.
  • moliaviy ko`rsatkichlarni har kuni operativ olib borish.
  • korxonaning moliyaviy ahvoli to`g`risida ma'lumotnomalar tuzib, ularni rahbariyatiga taqdim etish.
  • yuqori pog`onada turuvchi tashkilotga, soliq inspeksiyasiga, bank va statistika muassasalariga, belgilangan amaliy va statistik hisobotni topshirish.
  • zamonaviy to`lov shakllarini amalga oshirishga yordamberadihgan va bu hisoblarni olib borishdagi qoidalarga rioya qilishni ta'minlaydigan, xaridorlar va yetkazib beruvchilar bilan eng ma'qul to`lov shakllarni olib borish.
  • naqd pul, qimmatli qog`ozlar va hisobot blanklarni, kassa operasiyalarni amalga oshirish Nizomiga muvofiq ravishda, qabul qilish, saqlash, amaliy hisobini olib borish va ularni taqdim etish.
  • bank muassasi tomonidan belgilangan, korxona kassasidagi naqd pullar qoldig`i chegarasiga amal qilish va pul belgilarini butunlay ta'minlash.
  • buxgalteriya, statistika hamda moliyaviy va to`lov intizomi bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha sistematik tahlilni amalga oshirish, xo`jalik-moliyaviy faoliyat natijalarni tahlil qilish; asosiy fondlarni va aylanma vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
  • korxonaning ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyati bo`yicha tashkiliy ishlarda ishtirok etish va ushbu faoliyatni moliyaviy ko`rsatkichlarga ko`rsatgan ta'sirini aniqlash.
  • xo`jalik shartnomalarni tuzishda ishtirok etish hamda moliyaviy shartlarni qabul qilish.
  • tovar-material boyliklarni qabul qilish va yuborish qoidalarini amalga oshirilish nazoratini tashkil qilish; mehnat  haqi fondi chiqimi, majburiyat okladlari belgilanishi, shtat, moliyaviy va kassa intizomiga qattiq rioya qilinishini nazorat qilish; pul mablag`larini, tovar-material boyliklarini, asosiy fondlarni, hisoblarni va to`lov majburiyatlarni inventarizasiyalashning belgilangan qoidalariga amal qilishni nazorat qilish.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali