Boshliq

 

Mansurov Rustam Pulatovich

Email: mansurov@cemc.uz
Telefon: +998 71 230-41-34
Qabul kunlari: haftaning ish kunlari (dushanba- juma)
9:00 dan 11:00gacha

Online-qabulxona

 

Majburiyatlari

  • korxonaning yakka boshqaruvchisi hisoblanadi va oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar ijrosini tashkillashtiradi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
  • ishonchnomasiz korxona nomidan ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, belgilangan tartibda korxona nomidan bitimlarni amalga oshiradi;                    
  • o‘rinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida ish vazifalarini taqsimlaydi, bevosita korxona tarkibiy bo‘linmalar ishini boshqaradi, hududiy bo‘linmalar boshliqlari vakolatlarini, faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
  • xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, o‘zgartirishlar kiritadi va bekor qiladi;
  • “EMMM” DUK faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlarni imzolaydi, ko‘rsatmalar beradi va ichki normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma beradi;
  • radiochastota spektridan foydalanishda yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlaydi;
  • zamonaviy talablarni hisobga olgan holda korxonada kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini boshqaradi;
  • xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, korxonaning aynan faol xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlanadiganlarga hujjatlarni imzolaydi;
  • kadrlar shtat jadvalini tasdiqlaydi, zarur hollarda korxona tuzilmasini o‘zgartiradi;
  • korxona bo‘yicha belgilangan statistik hisobotlarni prognoz qilish va biznes-rejalarni tuzish, yig‘ish va tahlil qilish va umumlashtirish ishlarini boshqaradi;
  • tarif siyosatini amalga oshirish, shuningdek xizmatlarga tariflarni ishlab chiqish va tasdiqlashni boshqaradi;
  • korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqaradi, moliyaviy siyosatni belgilaydi va nazorat ishlarini amalga oshiradi;
  • radiomonitoring tizimini rejalashtirish, qurish va modernizatsiya qilishni boshqaradi;
  • korxona nomidan radiochastota bo‘yicha Respublika kengashida vakillik qiladi;
  • Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik, Xalqaro elektroaloqa ittifoqi, boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy kompaniyalar, firmalar, banklar va boshqa korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini boshqaradi;
  • maxsus ishlarni yuritishda rahbarlik qiladi;
  • fuqaro muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqishni va fuqaro muhofazasi shtablari bilan o‘zaro hamkorlikda ularni amalga oshirishni boshqaradi;
  • safarbarlik ishlari masalalariga rahbarlik qiladi;
  • mehnat muhofazasi va texnik-xavfsizlik talablariga rioya qilishni boshqaradi;
  • korxonaning joriy faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlashni boshqaradi, yuridik xizmatni boshqaradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshiradi;
  • korxonaga yuklatilgan vazifalarni tashkil etishga masʼuldir.

Biografiya

1965 yilda tug’ilgan.

Millati – o’zbek

Ma’lumoti oliy. 1987 yil Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instututining Radioaloqa yo’nalishi bo’yicha hamda 1997 yil Moskva davlat yuridik akademiyasini tamomlagan.

2007 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

1987 – yildan to 1988 yilgacha Davlat elektroaloqa inspeksiyasida katta muxandis lavozimini egallagan.

1988 – 1991 yillarda muxandis, keyinchalik yetakchi muxandis, Respublika radioelektron vositalar elektromagnit moslashuv markazida faoliyat olib borgan.

1991 yildan - 1992 yilgacha “Tesla” kichik korxonasining aloqa montajchisi.

1992 yildan - 1996 yilgacha Elektromagnit moslashuv markazining, Elektromagnit moslashuv hizmatining yetakchi muxandisi, hizmat boshlig’ining o’rinbosari, hizmat boshlig’i lavozimida ishlagan.

1996 yilda Elektromagnit moslashuv markazining boshlig’ining o’rinbosari lavozimida ishlaydi.

1996 yildan 1997 yilgacha Elektromagnit moslashuv markazining bosh muxandisi.

1997 yildan Elektromagnit moslashuv markazining boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda.

R.Mansurov oilali, ikki qiz otasi.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali