Moddiy-texnik ta`minot va kapital qurulish xizmati boshlig’i

 

Ismailova Nasiba Turg`unbayevna

Email: ismailova@cemc.uz
Telefon: +998 71 230-61-11

 

Funksiyalari

  • Uzoq muddatli va joriy Kapital taʼmirlash va qurilish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
  • Korxonadagi xizmatlar, bo‘lim va hududiy bo‘linmalarni moddiy-texnikaviy resurslar bilan taʼminlash.
  • Korxona bo‘linmalarining moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash asosida ishlab chiqarishni moddiy-texnika bilan taʼminlashning uzok muddatli va yillik rejasini ishlab chiqadi.
  • “Davlat xaridlari” to‘g‘risidagi qonun doirasia tovarlarni sotib olish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender va tanlovlar o‘tkazish.
  • Qurilish va moddiy-texnik taʼminot bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar bilan tezkor ishlashni tashkil etish va nazorat olib borish.
  • “EMMM” DUK obyektlarida kapital taʼmirlash va qurilish ishlarini tashkil etadi va ushbu ishlarning bajarilishini nazoarat qiladi.
  • qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqilishini nazorat qilish.
  • Tovarlarni yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan o‘zaro o‘rnatilgan tartibdagi munosabatlarni olib borish.
  • O‘z vakolati doirasida korxonaning yetkazib berish va bajarish bilan bog‘liq shartnoma shartlarini belgilaydi.
  • Qabul qilingan maxsulot va texnik resurslarni “EMMM” DUK tarkibiy bo‘linmalariga yetkazib berilishini taʼminlaydi.
  • “EMMM” DUK qurilish obyektlarini davlat organlari tomonidan qabul qilinishini taʼminlaydi.
  • Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, yetkazib beruvchilarga davolarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajaradi va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarining o‘zgarishini muvofiqlashtiradi.
  • “EMMM” DUK omborxonasida bo‘linmalarining zarur materiallar va texnik qurilmalar bo‘lgan ehtiyoji uchun zarur mahsulotlarning bo‘lishini taʼminlaydi.
  • Yangi normativ xujjatlarni, standartlarni va texnik shartlarni ishlab chiqishda va ularni qayta ko‘rib chiqishda qatnashadi.
  • Korxona raxbariyati kelishuvi bilan, o‘z vakolatiga kiradiganmasalalar bo‘yicha tashkilotlar, korxona va idoralar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
  • O‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni (nomuvofiqlik) o‘rnatilgan tartibda bartaraf etilishini taʼminlaydi.

Vazifalari

  • Korxona va uning bo‘linmalaridagi moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini uzoq va qisqa muddatli rejalashtirilishi.
  • Korxonaning ko‘chmas mulk holatini kapital taʼmirlash zaruriyati bo‘yicha rejali monitoring olib borish.
  • Korxonadagi xizmatlar, bo‘limlar va tarkibiy bo‘linmalarning tovar-moddiy mahsulotlar va resurslar bilan taʼminlash va harid etish.
  • Mahsulot xarid etish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender va elektron tanlov savdolarni o‘tkazish.
  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonuniga qatʼiy rioya etish.
  • “EMMM” DUK obyektlaridagi qurilish va kapital taʼmirlash ishlarini tashkil etish va nazorat olib borish.
  • Mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan uzoq muddatli ishbilarmonlik munosabatlarini olib borish.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali