Kadrlar bo`limi

 

Mirzaxodjayeva Shoira Maxmudovna

Bo’lim boshlig’i
Email: mirzahodjaeva@cemc.uz
Telefon: +998 71 230-61-14

 

Vazifalari

  • korxonaning kadrlar siyosatini, uning rivojlanish bosqichi va uning masalalariga mos ravishda, shakllantirish;
  • korxonaning kadrlar imkoniyatini baholash, joriy davrdagi va kelgusidagi kadrlarda bo`lgan ehtiyojni rejalashtirish;
  • tashkilotning hodimlar tuzilmasini ishlab chiqish, mansab va lavozimlarni o`rganish va takomillashtirish, hodimlarning funksional majburiyatlarini va mutaxassislarga bo`lgan talablarni belgilash;
  • tashkilotning kadrlar bilan ta'minlash, ishchilarni tanlash va ularning ko`nikishini ta'minlash;
  • kadrlar joylashtirish tizimini yaratish va rivojlantirish, kar'yerani rejalashtirish, hodimlarni baholash. Boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash, rivojlantirish va mansabi bo`yicha o`sishi;
  • korxonaning yollanma ishchilar bilan munosabatlarning legitimligini va ish yuzasidagi tortishuvlarni hal qilinishini ta'minlash. Intizomli munosabatlarni boshqarish;
  • belgilangan standartlar asosida, kadrlar va hujjatlar ishini yuritish. Hodimlarni boshqarishning informasion ta'mini: ma'lumotlar hisoblari va bazalarining ichki tizimini yuritish;
  • hodimlar uchun o`quv kurslarni va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
  • mehnat resurslarini boshqarish masalalari bo`yicha turli xil sohalardagi rahbarlarga konsultasiya xizmatlarini ko`rsatish.

Funksiyalari

  • mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, kadrlar va hujjatlar ishini yuritish;
  • joriy davrdagi va kelgusidagi kadrlarda bo`lgan ehtiyojni rejalashtirish;
  • aholi bandligi xizmatlari va kadrlar agentligi bilan birga faoliyat yuritish;
  • amaliyotni tashkil qilish uchun va bitiruvchilarni kelgusida ishga olish bo`yicha o`quv yurtlari bilan ish yuritish;
  • mehnat bo`yicha nazorat tashkilotlar bilan ishlash;
  • barcha hodimlar vakolatlarini ishlab chiqish;
  • hodimlarni boshqarish jarayonlari bo`yicha normativ hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • bo`limlarda normativ hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish va  rahbarlarga konsultasiya xizmatlarini ko`rsatish;
  • hodimlarning baholanishida va attestasiya qilinishida ishtirok etish;
  • hodimlar o`quvini va malaka oshirishini tashkillashtirish.

 


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali