Hurmatli xodimlar, hamkorlar va iste’molchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiElektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilganligiga 30 yildan ortdi.

Tarixning o‘tgan shu davrida butun sayyoramiz va davlatimiz hayotida eng muhim va global voqealar sodir bo‘ldi. Aynan shu o‘ttiz yil mobaynida AKT jadal rivojlandi, mamlakatimiz esa mustaqil davlatga aylandi.

Aynan shu sababli tashkil etilgan dastlabki kunlardan boshlab markaz xodimlariga radiochastotalar va radioelektron vositalarni hisobga olish, taqsimlash va nazorat qilishning eng muhim davlat vazifalari yuklatildi. Mobil aloqa, Internet-texnologiyalar va simsiz keng polosali radioulanishdan foydalanishning jadal rivojlanishi sharoitida markazimiz ishlari aholi uchun ham, tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham, davlat tashkilotlari uchun ham juda muhim ahamiyatga molik bo‘ldi.

Bugungi kunda mamlakatimiz rahbariyati, hukumatimiz va vazirligimiz tomonidan doimiy ravishda, qo‘llab-quvvatlanishi, Xalqaro elektraloqa ittifoqi bilan yaqin hamkorligimiz asosida markazimiz mamlakat bo‘ylab mintaqaviy bo‘linmalarida yuqori malakali xodimlar jamoasi va «Rohde&Schwarz», «Kathrein GmbH», «Spinner GmbH», «BONN Elektronik GmbH», «Thomson», «Swiss Qual» kabi jahonning ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi yangi maxsus uskunalariga ega.

Ishlab chiqarish faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanish korxona va uning viloyat filiallariga yuklatilgan vazifalarni sifatli va tezkor hal etish imkonini beradi.

Bugungi kunda markazimizning radiomonitoring tizimi radiochastotalar spektridan foydalanish hamda radioelektron vositalar ekspluatatsiyasining asosiy texnik quroli bo‘lib hisoblanadi. Uning asosiy elementlari radionazorat orqali deyarli respublikamizning barcha hududini qamrab olish hamda radiovaziyatdagi har qanday o‘zgarishlarni tezkor qayd etish imkonini beradi.

Ishonch bilan ayta olamanki, markazning radiomonitoring tizimi texnologik darajasi, amal qilayotgan uskunalari va tizimli vazifalarni avtomatlashtirilgan holda, hal etish qobiliyati bo‘yicha MDH xududida teng keladigan muqobil tizim mavjud emas.

O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi va AKTni joriy etilishi sharoitlarida simsiz texnologiyalardan foydalanish, o‘z oldimizga, axborot texnologiyalarining kelgusidagi rivoji tarkibiy qismi bo‘lgan radiochastotalardan barcha joyda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lishini anglagan holda, markazimizning yangi vazifalari va kelgusidagi rivojining puxta o‘ylab ishlab chiqilgan strategiyasini qo‘yamiz.

Rustam Mansurov – “Elektromagnit moslashuv markazi Davlat unitar korxonasi boshlig‘i.


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali