Markaziy apparat

Eritsyan Armen Nikolayevich

Eritsyan Armen Nikolayevich

Kadrlar bo‘limi

Bo'lim Boshig'i


Majburiyatlari

Kadrlar bo'limining asosiy vazifalari va funksiyalari

  • korxonaning kadrlar siyosatini, uning rivojlanish bosqichi va uning masalalariga mos ravishda, shakllantirish;
  • korxonaning kadrlar imkoniyatini baholash, joriy davrdagi va kelgusidagi kadrlarda bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;
  • tashkilotning xodimlar tuzilmasini ishlab chiqish, mansab va lavozimlarni o‘rganish va takomillashtirish, xodimlarning funksional majburiyatlarini va mutaxassislarga bo‘lgan talablarni belgilash;
  • tashkilotning kadrlar bilan ta‘minlash, ishchilarni tanlash va ularning ko‘nikishini ta‘minlash;
  • kadrlar joylashtirish tizimini yaratish va rivojlantirish, kar'yerani rejalashtirish, xodimlarni baholash. Boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash, rivojlantirish va mansabi bo‘yicha o‘sishi;
  • korxonaning yollanma ishchilar bilan munosabatlarning legitimligini va ish yuzasidagi tortishuvlarni hal qilinishini ta'minlash. Intizomli munosabatlarni boshqarish;
  • belgilangan standartlar asosida, kadrlar va hujjatlar ishini yuritish. Xodimlarning ma’lumotlari bo’yicha ta’minlash: ma'lumotlar hisoblari va bazalarining ichki tizimini yuritish;
  • xodimlar uchun o‘quv kurslarni va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
  • mehnat resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha turli xil sohalardagi rahbarlarga konsultasiya xizmatlarini ko‘rsatish.

 

 

 

  • mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, kadrlar va hujjatlar ishini yuritish;
  • joriy davrdagi va kelgusidagi kadrlarda bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish;
  • aholi bandligi xizmatlari va kadrlar agentligi bilan birga faoliyat yuritish;
  • amaliyotni tashkil qilish uchun va bitiruvchilarni kelgusida ishga olish bo‘yicha o‘quv yurtlari bilan ish yuritish;
  • mehnat bo‘yicha nazorat tashkilotlar bilan ishlash;
  • barcha xodimlar vakolatlarini ishlab chiqish;
  • xodimlarni boshqarish jarayonlari bo‘yicha normativ hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • bo‘limlarda normativ hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish va  rahbarlarga konsultasiya xizmatlarini ko‘rsatish;
  • xodimlarning baholanishida va attestasiya qilinishida ishtirok etish;
  • xodimlar o‘quvini va malaka oshirishini tashkillashtirish.
Faylni tanlang