“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurdilar.
Bogʻga kiraverishda besh qirrali yulduz koʻrinishidagi Gʻalaba archasi oʻrnatilgan. Bogʻ majmuasida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokidagi harbiy epizodlar va ularning Ikkinchi jahon urushi frontlaridagi ishtiroki haqida umumiy maʼlumotlar aks ettirilgan marmar pannolar oʻrnatilgan.