"EMMM" DUK yangiliklari

9-aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy turmushida eng ulug‘ sanalardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kunidir. Bu sana Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha joylarida ko‘taringki ruhda nishonlanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan mazkur yilning 9‑aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida bayram tadbiri o‘tkazildi.

ascascas1000x750.jpeg

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i I.Reimov so‘zga chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi bilan barcha xodimlarni qutladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 1993‑yil 9-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Soveti (kelgusida Jo‘qorg‘i Kengesi)ning 12-sessiyasida qabul qilingan. Konstitutsiya - har bir davlatning tarixi, bugungi kuni va kelajagini o‘zida aks ettiruvchi asosiy nizomi ekanligi hamda barcha normalar eng avvalo inson huquq va erkinliklarini kafolatlab, inson-jamiyat-davlat tamoyillari asosida ishlab chiqilganligi haqida aytib o‘tildi.

v-sdvasvdv1000x749.jpeg

Tadbir davomida xizmat xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquq va erkinliklar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari respublikamizning barcha shahar va tumanlarida keng nishonlanmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

Faylni tanlang