Bosh menu

Elektron hukumat to`g`risida

“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida keng miqyosdagi chora-tadbirlar kompleksi rejalashtirilgan (5.10.2020 yildagi PF-6079-son Farmonga qarang). Bu haqida batafsil – sharhimizda. 

 

2023-2024 yillarda “Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari  amalga oshirish ko‘zda tutilgan loyihalar doirasida: 

  Mazkur strategiya doirasida 2023-2024-yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar yo‘lga qo‘yilishi belgilangan bo‘lib (24.05.2023-yildagi PQ-162-son qaroriga qarang)

Jumladan:

  • davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha 112 ta ustuvor loyihalar
  • iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish bo‘yicha 51 ta ustuvor loyihalar 
  • hududlarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha 137 ta ustuvor loyihalar rejalashtirilgan.

2023-yil yakuniga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida portalda birinchi navbatda joriy etiladigan 95 ta xizmat va servislar yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohaning ayrim tarmoqlarida billing tizimlarini joriy etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar tashkil etiladi.

“Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda taqdim etilishi orqali 2023-yil 1-dekabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilinadigan 47 turdagi ma’lumotlar yetkaziladi.

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmatlardan foydalanish holati bo‘yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar 

  Raqamlashtirish loyihalarini samarali amalga oshirish hamda mas’ul vazirliklar bilan hamkorlikda ishlash va ularga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish uchun “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “loyiha ofislari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil 1-iyundan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi kredit va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning raqamli komponentlarga yo‘naltiriladigan qismi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan majburiy tarzda kelishiladi.

 “Raqamli hudud” dasturi doirasida:

 “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi 2023-yil 1-sentabrga qadar Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida, 2023-yil yakuniga qadar esa Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushiriladi.

“Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi vazirlik va idoralarning 70 ta ma’lumotlari integratsiya qilinadi;

 Hududlarni raqamlashtirish bo‘yicha:

 hududlarni raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni joriy etish hamda ularni texnik qo‘llab-quvvatlash uchun Raqamli departament huzurida loyiha ofislari tashkil etiladi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda — IT-park) rezidentlari tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga quyidagi qo‘shimcha yo‘nalishlar kiritiladi:

dasturiy ta’minotdan foydalangan holda multimedia, dizayn va multiplikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish;

IT-park va uning filiallari hududida joylashgan va yuridik manzilda ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish.

IT-park direksiyasi hamda ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxslar tomonidan IT-park hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini raqamli texnologiyalar sohasida ilg‘or startap loyihalariga ega IT-park rezidentlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berishga ruxsat etiladi.

Bunda, ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar mazkur ko‘chmas mulk obyektlarini balansda saqlovchilar ixtiyorida qoldiriladi.

 Raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:

 “Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi sifatida xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida IT-yo‘nalishdagi onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda:

kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 15 ming nafar yoshlar saralanib, ularda xalqaro miqyosda faoliyat yuritish ko‘nikmalari shakllantiriladi;

bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo‘lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o‘quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi;

2023-yil 1-avgustdan boshlab yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida hamda “Yoshlar daftari” va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko‘ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi;

2023-yil 1-oktabrdan boshlab B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi;

2024-yil 1-apreldan boshlab maxsus axborot platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari va xodimlari raqamlashtirish sohasidagi qoidalar va qonunchilik talablari bo‘yicha “hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida o‘qitiladi.

  Bundan tashqari:

 aholini sifatli raqamli infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida barcha aholi yashash maskanlari 2024-yil yakuniga qadar keng polosali mobil aloqa va keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olinadi.

 Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi 2023-yil 1-oktabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan joriy etilgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalar samaradorligi, ko‘rsatiladigan raqamli xizmat va servislar texnik faoliyatining sifati hamda barqarorligi ustidan raqamli nazoratni o‘rnatiladi.

Raqamli nazorat doirasida davlat organlari va tashkilotlarida raqamli texnologiyalar sohasidagi loyihalarning maqsadliligi, joriy etish darajasi, foydalanish holati, raqamli xizmatlar va servislar ishidagi uzilish, to‘xtalish va texnik-avariyalar, aloqa markazlari (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispetcherlik aloqa) xizmatlarining bog‘lanish va samarali texnik faoliyat ko‘rsatish kabi sifat ko‘rsatkichlari baholanadi.

 Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga aloqa, axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyot sohasidagi qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.

 

Faylni tanlang