"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyati EMMXda 1-chorak davomida noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalar aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

2024-yilning birinchi choragida O‘zkomnazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shu’basi, Andijon shaxar IIB uchastka nozirlari va tezkor vakillari hamda Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Andijon viloyatida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora tadbirlar rejasi”ga asosan Andijon viloyatida 28 ta tezkor tadbirlarlar o‘tkazildi.

ghjytrh778x584.jpg

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 53 noqonuniy ishlatilayotgan radioelektron vositalar aniqlanib bayonnomalar rasmiylashtirildi va ularga qonuniy choralar ko‘rish maqsadida ma’lumotlarni O‘zkomnazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shu’basiga topshirildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi U.B. Shodmonov.

Faylni tanlang