"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy viloyati EMMX da “EMMM” DUKning RN va TRX mutaxassislari tomonidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2024-yilning aprel oyida Navoiy viloyati EMMX xodimlarini amaliy jihatdan bilimlarini yanada mustahkamlash va sohaga oid yangi normativlarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv amaliy mashg‘ulotni “EMMM” DUKning RN va TRX mutaxassislari A.Ismailov va T.Hidoyatov olib bordilar.

O‘quv amaliy mashg‘ulotini o‘tkazishdan asosiy maqsad radiomonitoring tadbirlarini sifatli tashkil qilish, ARGUS 6.1 dasturiy ta’minotini turli rejimlarda ishlatish usullari, noqonuniy ishlayotgan uzatgichlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish, elektromagnit moslashuvchanlikni ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish hamda yanada mustahkamlashdan iborat. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi 2023-yil 23-avgustdagi 417-son Qarori talablari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

“EMMM” DUK tomonidan xodimlarning bilim va mahoratini oshirish, kasbga bo‘lgan sadoqatini yuksaltirish maqsadida doimiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib borilmoqda.  Shunday amaliy o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning sohaga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

 

Tayyorlandi: Navoiy viloyati EMMX muhandisi S.Ermamatov

Faylni tanlang