Rahbariyat

Adilov Rustam Sakievich

Adilov Rustam Sakievich

Boshliq o‘rinbosari

Qabul kunlari: haftaning ish kunlari (dushanba- juma) 9:00 dan 11:00gacha


Biografiya

1978 yilda tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek

Ma’lumoti oliy. 2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini Iqtisodiyotda axborot tizimi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.

1995 -1996 yillarda Xalq banki M.Ulugbek tumani 3628-bulimi nazoratchisi.

1997 -1999 yillarda Davlat aloqa nazorati adliya maslahatchisi.

2000-2002 yillarda Hayot banki “Parvina” Toshkent shahar bo‘limi kredit iqtisod bo‘limi 2-toifali mutaxassisi.

2002-2006 yillarda “Davlat aloqa inspesiyasi” kompyuter bo‘yicha muhandisi, xuquqshunosi, sanoat va transport bo‘limi boshlig‘i.

2006-2010 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ishlar boshqarmasi ish boshqaruvchisi.

2010-2017 yillarda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi “Oktosh” dam olish maskani boshliq o‘rinbosari.

2017-2021 yillarda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

2021 yil “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari.

2021 yil noyabr oyidan “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK Boshliq o'rinbosаri lavozimini egallab kelmoqda.

R.Adilov uylаngаn, ikki qizi vа ikki o'g'li bor.

 

 

Majburiyatlari

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
  • Maʼmuriy-xo‘jalik xizmati, Moddiy-texnik taʼminot va kapital qurilish xizmati hamda “Oqtosh” dam olish maskani faoliyatini tashkil qiladi va o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarda moddiy-texnik taʼminot va kapital qurilish xaridlarni tashkil etish masalalarini muvofiqlashtiradi;
  • o‘z vakolatlari doirasida korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar uchun berilgan hisob varaq-fakturalarni imzolaydi;
  • o‘zi nazorat qilayotgan tarkibiy bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar, qoida va yo‘riqnomalar talablarini bajarish bilan bog‘liq masalalarni hal etishni taʼminlaydi;
  • hujjatlarni imzolash va kiruvchi yozishmalarni, shu hisobda “maxfiy” yozishmalarni qabul qilishni amalga oshiradi, “shaxsan” deb belgilangan xatlar bundan mustasno;
  • o‘zi nazorat qilayotgan tarkibiy bo‘linmalar vazifalarni tashkil etishga va o‘z vaqtida bajarilishiga shaxsan javobgardir;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish ishlarini amalga oshiradi.

 

 

Faylni tanlang