Rahbariyat

Kadirov Anvar Abdugapurovich

Kadirov Anvar Abdugapurovich

Boshliqning birinchi o‘rinbosari

Qabul kunlari: haftaning ish kunlari (dushanba- juma) 9:00 dan 11:00gacha


Biografiya

1975 yilda tug'ilgan

Millati – o‘zbek.

Ma'lumoti oliy. 1997 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini radioaloqa, radioeshittirish va televideniye mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2019 yilda “Mohir Aloqachi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 1997 yilda Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida muhandis lavozimida ish boshlagan.

2000 - 2001 yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti elektron kvant qurilmalari laboratoriyasi mudiri.

2001-2014 yillarda muhandis, bosh muhandis, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK radio monitoringi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari.

2014-2021 yillarda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK radio monitoringi va texnik rivojlanish xizmati boshlig‘i.

2021 yil oktabr oyidan boshlab “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘ining birinchi o‘'rinbosari lavozimini egallab kelmoqda.

A. Qodirov uylangan, ikki nafar qiz farzandi bor.

Majburiyatlari

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
  • Radionazorat va texnik rivojlantirish xizmati, Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati, Televideniye va  radioeshittirish bo‘limi, Axborot xavfsizligi va dasturiy taʼminotlarni taʼminlash bo‘limi, Transport va logistika bo‘limi faoliyatini tashkil qiladi va o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • Radionazorat va texnik rivojlantirish xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar EMMX bilan texnik va tezkor masalalar bo‘yicha hamda radiochastota monitoring ishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • ishlatilayotgan chastotalar va chaqiruv signallarini rejalashtirish, belgilash, foydalanish, hisobga olishni muvofiqlashtiradi;
  • markazlashgan xolda ishlatiladigan radioelektron vositalar uchun elektromagnit moslashuvini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • radiochastota spektridan foydalanish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi;
  • axborot xavfsizligi, axborot tizimlari va resurslarini muhofaza qilish, shuningdek axborotni muhofaza qilishning samarali vosita va usullarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • korxonaning muhandis-texnik kadrlarni malakasini oshirish bo‘yicha yillik o‘quv jadvalini ishlab chiqishda qatnashadi;
  • o‘z vakolatlari doirasida korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar uchun berilgan hisob varaq-fakturalarni imzolaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar sotib olish (uzatish), qurish (o‘rnatish), olib kirish va foydalanish, yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish va sotib olish uchun ruxsatnomalarni imzolaydi;
  • o‘zi nazorat qilayotgan tarkibiy bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar, qoida va yo‘riqnomalar talablarini bajarish bilan bog‘liq masalalarni hal etishni taʼminlaydi;
  • ijro intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat yuritadi;
  • korxona mutaxassislarning texnik o‘qishni tashkil etishni muvofiqlashtiradi;
  • hujjatlarni imzolash va kiruvchi yozishmalarni, shu hisobda “maxfiy” yozishmalarni qabul qilishni amalga oshiradi, “shaxsan” deb belgilangan xatlar bundan mustasno;
  • o‘zi nazorat qilayotgan tarkibiy bo‘linmalar vazifalarni tashkil etishga va o‘z vaqtida bajarilishiga shaxsan javobgardir;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish ishlarini amalga oshiradi.

 

Faylni tanlang