Markaziy apparat

Kaxramonov Alisher Kaxramonovich

Kaxramonov Alisher Kaxramonovich

Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati

Xizmat boshlig'i


Majburiyatlari

Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar (REV)ni va yuqori chastotali qurilmalar (YuChQ)ni noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida radiomonitoring tadbirlarini amalga oshiradi hamda viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarning ish faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muvofiqlashtiradi:
    • Amaldagi me`yoriy hujjatlarga asosan noqonuniy ishlayotganradioelektron vositalarning egalarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tezkor reydlarni (mustaqil ravishda yoki manfaatdor davlat idoralari bilan birgalikda) tashkillashtirish;

    • Noqonuniy radioelektron vositalarni aniqlash uchun manzilli vizual nazorat qilish;

    • REV va YuChQlarni olib kirish va sotishda amaldagi tartibga rioya etilishini nazorat qilish,  noqonuniy olib kirilgan yoki foydalanilgan REVlarni texnik expertizadan o‘tkazish;

  • Texnik parametrlari amaldagi Davlat standartlarining talablariga mos kelmaganda va radioaloqadan foydalanish qoidalariga rioya etilmaganda REV va YuChQ egalariga ogohlantirishlar berish;

  • Huquq-tartibot organlarida texnik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek,   "EMMM" DUKning viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarida  texnik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida foydalanishga topshirilgan REVlarni davlat qabul komissiyasida ishtirok etish hamda texnik parametrlarini o‘lchas va ushbu yo‘nalish bo‘yicha viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarni nazorat qilish;

  • Mamlakatimiz hududida radiomonitoring tadbirlarini o‘tkazish, noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan REVlarni qidirish va aniqlash, radioxalaqit manbalarini bartaraf etish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQlarni sotib olish (berish), qurish (o‘rnatish), foydalanish va chet eldan olib kirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha "EMMM" DUKning viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarining  faoliyatini umumlashtirish va  tahlil qilish;

  • Viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarning hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXni o‘lchov asboblari bilan ta`minlash bo‘yicha takliflar berish va texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha tahlil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida  "EMMM" DUKning  o‘lchov asboblarini va antenna-fider qurilmalarini rejaviy va tezkor profilaktik ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

  • Radiomonitoring o‘tkazishning mavjud metodikalarini tahlil qilish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, joriy etilayotgan radioaloqa tizimlari uchun yangi metodikalarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;

  • Radiomonitoring amalga oshirish ishlarini tartibini belgilab beruvchi me`yoriy hujjatlarni, yo‘riqnomalarni, qoidalar va metodik ko‘rsatmalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan REVlar va biriktirilgan radiochastotalar to‘g‘risidagi axborotni elektron ma'lumotlar bazasida hisobga olish va aktual holatda saqlanishini tashkil etish, shuningdek,  statistik hamda tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash.

  • Ozbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishga yo‘l qoymaslik uchun radiomonitoring natijalari bo‘yicha elektron ma`lumotlar bazasini olib borish;

  • Ommaviy axborot vositalari orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida aholiga tushuntirish ishlarini amalga oshirish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarni nazorat qilish;

  • Rahbariyat tomonidan hamda audit natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha bartaraf qilish tadbirlarini amalga oshiradi.

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida radiochastota spektoridan foydalanishni tehnik nazoratini va radioaloqadan foydalanish tartibiga rioya qilishni amalga oshiradi, shu bilan bir qatorda viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish faoliyati bo‘yicha keltirilgan masalalar yuzasidan o‘zaro muvofiqlashtiradi:
    • Kelib tushgan arizalarga asosan radioxalaqitlarning manbaalarini topish va ularni bartaraf qilish;

    • Ekspluatatsiya qilinayotgan REV va YuChQlarning texnik parametrlarini amaldagi  Davlat standartlarining me`yoriy talablariga  muvofiqligini nazorat qilish;

    • Industrial radioxalaqitlarning manbalarini (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr jihozlari, avtotransport vositalari va boshqalar)  Davlat standartlarining me`yoriy talablariga  muvofiqligini nazorat qilish;

    • Tayyor mahsulot ishlab chiqayotgan tashkilot va korxonalarning elektr mahsulotlarini industrial radioxalaqitlarning ruxsat etilgan me`yorga muvofiqligini nazorat qilish;

    • Radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining qarorlariga amal qilishlarini nazorat qilish;

    • REV larning texnik ekspirtizasini o‘tkazish;

    • Elektromagnit holatini aniqlash uchun o‘lchov ishlarini amalga oshiradi hamda tegishli huloslar tayyorlash;

    • Biriktiriladigan radiochastotalarni efir nazoratini amalga oshiradi, nazorat natijalarini tahlil qiladi;

    • Radiomanitoring natijalaridan qilingan hulosalariga asosan radiochastota spektrini tahlil qilish, radiochastota foydalanuvchilariga maslahat berish, shu bilan bir qatorda radiochastota spektoridan samarali foydalanish uchun aniq texnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar beradi.

 

  • O'zbekiston Respublikasi hududida radiochastotalar spektridan foydalanish va radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bo'yicha o'rnatilgan tartibga rioya etish yuzasidan texnik nazoratni tashkil etish;

  • Vazirlik va idoralar (Ichki ishlar vazirligi, Davlat havfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi  va O'zkomnazorat Hududiy boshqarmalari) bilan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (o‘rnatish), kurish, ishlatish hamda ularni chet eldan olib kirish tartibiga rioya qilinishni nazorat etish bo'yicha o'zaro hamkorlik ishlarini tashkil etish;

  • O'zbekiston Respublikasi hududida kelib tushayotgan arizalar bo'yicha radio to'siqlar manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkil etish;

  • Industrial radio halaqitlarining (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr qurilmalari, avtotransport vositalari va x.k.) ehtimolli manbalari bo'lgan texnik vositalarni ruxsat berilgan sanoat radio to'siqlari darajasiga mos kelishi yuzasidan kompleks nazorat-o'lchov ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

  • Elektromagnit moslashuv markazining Radionazorat va Texnik rivojlanish xizmati va viloyat bo'linmalarida amaldagi radio nazorat, o'lchov va pelengatsiya vositalariga texnik xizmat ko'rsatishni tashkil etish;

  • Elektromagnit moslashuv markazini texnik jihozlash va ta'minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo'yicha tahlil o'tkazish, dasturlar va chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;

  • Korxonani texnik rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish, tizimni takomillashtirish, yangi tizimlarni komplektlash va modernizatsiyalash hamda texnik qayta jihozlash dasturlari bo'yicha sotib olinadigan texnik vositalarni joylashtirish masalalarini ishlab chiqish, ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

  • O'zbekiston Respublikasi hududida ishlatilayotgan radioelektron vositalar bo'yicha ma'lumotlarni saqlash, chastotalarni berish uchun arizalarni ekspertizadan o'tkazish hamda radiohalaqitlarni tezkor bartaraf etish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va uni doimiy ishchi faol holatda bo'lishini ta'minlashga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

  • Radiochastota bandligi, radiochastota spektri yoklanishini nazorat qilish;

  • Televidenie va Radioeshittirish uzatgichlarni ishonchli qamrov hududini o‘lchash;

  • Ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda (bosma, televideniye va radio, inernet) aholi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish

Faylni tanlang