Markaziy apparat

Nazarov Bahodir Gabulgaziyevich

Nazarov Bahodir Gabulgaziyevich

Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi bo'yicha muhandis


Majburiyatlari

 

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandisning asosiy vazifalari va funksiyalari:

1. Amaldagi qonunchilik, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha yo‘riqnomalar, qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qiladi.

2. Asboblar, moslamalarning yaroqliligini hamda mashinalar, mexanizmlar, maxsus uskunalar, saqlovchi va himoyalovchi qurilmalarning texnik holatini tekshirishni amalga oshiradi.

3. Mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha rejalarni ishlab chiqishda qatnashadi.

4. Yangi qabul qilingan xodimlarning mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha kirish instruktajini o‘tkazadi.

5. Muhandis-texnik xodimlar va ishchilarning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlarini tekshirishda qatnashadi.

Funksiyalari.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandisi oldiga qo‘yilgan masalalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalar yuklatiladi:

- ish joylarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini aniqlash;

- ishlab chiqarish jarohati, kasbiy va ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lgan kasallik holatlari va sabablarining tahlilini o‘tkazish;

- ishlab chiqarishidagi baxtsiz hodisa yoki kasbiy kasallik natijasida ishchilarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga to‘lash uchun xujjatlarni tayyorlashda qatnashish;

- qurilishi tugallangan yoki qayta qurilgan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida, shuningdek mehnat muhofazasi bo‘yicha normativ hujjatlarning talablariga rioya qilish qismida uskunalar, texnikalar, apparatlar, asboblarni ta’miridan qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishlarida qatnashish;

- majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak bo‘lgan ishchilarning kasbi va lavozimlarining ro‘yxatini, shuningdek og‘ir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari uchun amaldagi qonun hujjatlari asosida to‘lanadigan badal va imtiyozlar beriladigan ishchilarning kasb va lavozimlarining ro‘yxatini tuzishda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga yordam ko‘rsatish.

 

Faylni tanlang