Viloyat bo'limlari

Usmanov Dilshod Yusufovich

Usmanov Dilshod Yusufovich

Jizzax viloyati EMMX

Xizmat boshlig‘i

(dushanba- juma) 9:00 dan 11:00gacha


Majburiyatlari

Asosiy vazifalari:

  • Viloyat hududida REV va YuChMni sotib olish, qurish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalanuvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish;
  • Viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan REV va YuChMdan foydalanish nazoratini va radiomonitoringini amalga oshirish;
  • Noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan REV va YuChM larni izlash. Viloyat hududida REV chastota o‘zlashtirish hisobini olib borish;
  • Televideniye, radiouzatish va radioaloqada halaqitlar to‘g‘risida arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish, radiohalaqitlar manbalarini aniqlash va ularni bartaraf etish;
  • Texnik vositalarni tekshirish bo‘yicha, bo‘lishi mumkin bo‘lgan radiohalaqitlar (elektrotransport, elektrouzatish liniyalar, elektrouskunalar, avttransport vositalar va boshqalar)ni sanoat radiohalaqitlar ruxsat etilgan darajalari me'yorlariga mos kelishiga nazorat-o‘lchov kompleks ishlarini - amalga oshirish;
  • Viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan REV va YuChMlarning radionurlanish parametrlarni, amalda bo‘lgan texnik me'yorlariga  darajasini nazorat qilish;
  • Viloyat asosiy tuzilmalari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga radiotelefonlarni va uzatuvchi moslamalarni noqonuniy ravishda olib kirish ularni sotish va ulardan foydalanish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda o‘zaro ishlarni tashkil qilish.

 

Asosiy funksiyalari:

  • Desentrlashgan vazifasidagi radiochastotalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar beradi;
  • Foydalanuvchilar uchun o‘zlashtirilgan REV, YuChM va belgilangan tartibda o‘rnatilgan chaqiruv signallarining hisobini olib boradi;
  • REV radiohalaqitlarini, shu jumladan, xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq amal qilyayotgan, xalqaro tashkilotlar va horij mamlakatlar REVi radiohalaqitlarini bartaraf etadi;
  • Boshqa kompetent organlari bilan birgalikda, elektromagnit moslashuvini ta'minlovchi tashkiliy-texnik choralarni ishlab chiqadi;
  • Elektromagnit moslashuvi hisobi bo‘yicha ishlarni bajaradi, elektromagnit muhitni aniqlash bo‘yicha, o‘lchovlarni amalga oshiradi hamda kompetensiya doirasida, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli xulosalar beradi;
  • Viloyat hududida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan radiochastotali spektrdan foydalanishda, normativ aktlar, me'yorlar va standartlar talablariga rioya qilinganlik to‘g‘risida nazoratni amalga oshiradi;
  • Fuqarolik vazifasidagi REV ishlarining hamda viloyat hududida radiochastotali spektrning texnik nazoratini amalga oshiradi;
  • REV va YuChM lardan foydalanishning, radionurlanish hamda radioqabul halaqitlarini bartaraf qiladigan, kerakli uskunalar bilan elektromoslama, mehanizm, asbob va apparatlarning ta'minlanganlik me'yorlariga mos kelishishi bo‘yicha texnik nazorat;
  • Noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan, REV va YuChM ishlarini bartaraf qilish bo‘yicha, manfaatdor idoralar va huquqiy organlar bilan birgalikda choralar ko‘radi;
  • REVlarni elektromagnit moslashuvi bilan ta'minlaydigan, ularning tarqatishning hududiy-chastota me'yorlarini ishlab chiqaradi va uni ishlab chiqarishda takliflarni taqdim etadi;
  • RChS (radiochastotali spektr)dan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-texnik choralar va huquqiy-me'yoriy aktlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • Radiochastotalarni ajratish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan arizalarni texnik ekspertizasini amalga oshiradi vaulardan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • Tegishli faoliyat turiga lisenziyalar rasmiylashtirish uchun radiochastotalardan foydalanish texnik imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida ekspert xulosalarni chiqaradi;
  • RChS va radiovositalaran foydalanish borasida kerakli ma'lumotlarni tayyorlaydi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi.;
  • Operativ boshqaruvni amalga oshiradi, uning balansida mavjud bo‘lgan mablag‘larga egalik qiladi, undan maqsadga muvofiq foydalanadi va taqdim etilgan vakolatlar doirasida, ma'muriy-xo‘jaik faoliyatini ta'minlaydi;
  • Auditlar o‘tkazilganda, yoki rahbariyat toimonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan nomuvifiqliklarni vaqtida bartaraf qilinishini ta'minlaydi.

 

Faylni tanlang