Markaziy apparat

Yusupov Abduraxim Abdurazakovich

Yusupov Abduraxim Abdurazakovich

Ish yurutishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati

Xizmat boshlig'i


Majburiyatlari

Хizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari:

· Korxonada ish yuritishni tashkil etish.

·  Hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, korxona arxivida saqlanadigan hujjatlarning foydalanish ma’lumotnomasi katalogini yaratish va hisobini yuritish.

· Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va hisobot berish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

· Korxonada elektron hujjat aylanishi tizimi (EHA) ishini tashkil etish va boshqarish, shu jumladan ma’muriy va boshqaruv xodimlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalar bilan o‘zaro almashuvchanlikni tashkil etish.

· O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini tubdan oshirish bo‘yicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ularning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etish.

· ISO 9001 XS va O‘zDSt 9001 standartlari talabiga muvofiq sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy etish, doimiy ravishda saqlash va takomillashtirish, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

· Jaryonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, “EMMM” DUK faoliyati to‘g‘risida hisobot tayyorlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

· Xizmatning EMMX hududiy bo‘linmalar hamda boshqa tashkilot va bo‘linmalarning hududiy xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish.

· O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “EMMM” davlat unitar korxonasining buyruqlari, farmoyishlariga muvofiq normativ hujjatlarni ishlab chiqish.

 

Funksiyalar

· Korxonada elektron va qog‘oz ko‘rinishdagi hujjatlarni, shu jumladan rahbariyatning buyruq va farmoyishlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish, saqlash va tegishli hududiy bo‘linmalarga yetkazish ishlarini tashkil etish.

· Korxonada “EHA” elektron hujjat aylanish tizimini takomillashtirish va u orqali ish yuritishni amalga oshirish.

· Ish yuritishni va barcha idoralararo hujjatlarni davlat tilida yuritilishini ta’minlash, bu jarayonda davlat tiliga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish.

· Korxona uchun ahloqiy va huquqiy me’yorlarning buzilishi natijasida yuzaga kelish mumkin bo‘lgan huquqiy va e’tiborli xatarlarni minimallashtirish.

· Sifat menejmenti tamoyilarini amalga oshirishga qaratilgan zamonaviy (funksional va iqtisodiy tahlil, ilg‘or xodimlarni rag‘batlantirish va rag‘batlantirish tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va boshqalar) boshqaruv o‘quv qo‘llanmasi va texnologiyalarini amalga oshirilishini ta’minlash.

· Sifat bo‘yicha rejalarni va korxona jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va nazorat qilish.

· Sifat siyosati va maqsadlarini ishlab chiqish, tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish. “EMMM” DUKning sifat siyosatini amalga oshirish va uning tushunarliligini ta’minlash.

· “EMMM” DUK va EMMXlarini ISO 9001 XS standarti talablariga muvofiq sertifikatsiyaga va davriy auditlarga tayyorlash.

·  Sifatni boshqarish tizimi faoliyati jarayonida aniqlangan barcha nomuvofiqliklar bo‘yicha tuzatish choralarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

· SMT faoliyati to‘g‘risida hisobotlarni va SMTni takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbir loyihalarini tayyorlash.

· SMT masalalari bo‘yicha xodimlarni o‘qitishni tashkillashtirish.

· Bo‘limlarning normativ hujjatlar loyihalarini SMT va qonun hujjatlariga muvofiqligi jihatidan normanazoratdan o‘tkazish, shuningdek korxonaning normativ hujjatlar (elektron va qog‘oz) va ma’lumot-axborot fondini (MAF) yuritish.

· Normativ hujjatlarni yangisini ishlab chiqish va amaldagisini qayta ko‘rib chiqishda ishtirok etish va ularni korxona faoliyatida joriy etish.

“EMMM” DUK xizmatlari, bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislarining malakasini oshirish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish.

Faylni tanlang