"EMMM" DUK yangiliklari

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Dunyodagi jamiyki islom ummati qatori yurtimiz mo‘min-musulmonlari ham katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin qalbimizdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimizning yuksak hurmat va samimiy tilaklarimizni bildirishdan g‘oyat mamnunmiz.

Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga to‘lib turgan ushbu saodatli damlarda avvalo mana shunday qutlug‘ va munavvar kunlarga el-yurtimiz bilan birgalikda sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Aziz yurtdoshlar!

Ushbu shukuhli lahzalarda dunyo mo‘min-musulmonlarini, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon bayrami bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik-barqarorlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Oila davrasida, mahallalarda muborak Iyd-al-fitr ayyomini xursandchilik bilan kutib olayotgan siz, muhtaram yurtdoshlarimizni tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

 

 

Hurmat bilan, 

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi

Faylni tanlang