"EMMM" DUK yangiliklari

Sport-sog‘lik garovi

Sportning hayotimizda tutgan  o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda sportni davlat darajasida rivojlantirishga e’tibor qaratilyotganligi bejizga emas. 

wv-dvsdvsd.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga muvofiq vazirlik, idora hamda tashkilotlar xodimlarini va aholini sport tadbirlariga jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2024-yil

12-martdagi 42-son buyrug‘i qabul qilingan.

v-sv-sdvsdv.jpg

Mazkur  buyruq asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.

  Rejaga asosan ishchilar orasida sportning shaxmat, shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi. Musobaqada xizmatimiz xodimlari faol ishtirok etishdi. G‘oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-darajali radiooperatori A.Palimbetov

Faylni tanlang