Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini yanada kengaytirib, talabalarga sifatli ta’lim berish orqali jahon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Toshkent shahridagi Inha universitetini yanada rivojlantirish hamda uning faoliyatini yanada kengaytirishdan iborat.

Ma'lumot uchun: Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Toshkent shahridagi Inha universiteti qariyb 10 yildan beri faoliyat yuritib, IT va biznes logistika sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. 

Inha universiteti prezidenti bilan uchrashuv davomida keyingi yillar uchun shartnoma tuzish hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini kengaytirish, jumladan, mamlakatimizni “IT HUB” ga aylantirish uchun iqtisodiyot va dolzarb bo‘lgan turli IT soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni ochish masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda yangi kurslar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, universitetlar o‘rtasida munosabatlarni davom ettirish uchun qulay sharoitlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ikki tomonlama hamkorlikda texnologiya, ilmiy tadqiqot va IT ta’lim sifatini yanada oshirish masalalarini muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatini keyingi 5 yilda yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshida hamkorlikda tashkil etilayotgan “Bemorlarni yo‘naltirish xizmati ofisi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shu maqsadda ushbu ofis ochilishi bo‘yicha Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori hamda Inha universiteti Gospitali prezidenti o‘rtasida moliyaviy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelgusida ushbu ofis orqali keyingi bosqichda tashxis qo‘yish, ya’ni diagnostika markazi ochilishi, IT meditsina sohasini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda kasalxona barpo etish rejalari aytib o‘tildi.  

Ma'lumot uchun: Inha universiteti gospitali Janubiy Koreyadagi yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. U o‘zining yuqori sifatli tibbiy xizmatlari, ilg‘or texnologiyalari va tadqiqot faoliyati bilan mashhur. Inha universiteti gospitali odatda mamlakatdagi eng yaxshi shifoxonalardan biri sifatida tan olingan. 

Ushbu tadbir yakunlangandan so'ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Inha universitetining 70 yilligi tantanali marosimida ishtirok etdi.  

Ma'lumot uchun: Marosimda turli xil davlatlar, xususan, Gruziya, Ozarbayjon, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan taklif etilgan 150 dan ortiq mehmon vakillar ishtirok etishdi.  

Ushbu tadbir yakunlangandan so'ng universitetning “Jungseok Memorial Library” kutubxonasi binosida Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov IT ta’limni yuksaltirish va iste’dodlarni yetishtirishga bo‘lgan fidoyiligi, Toshkent shahridagi Inha universitetini Respublikada yuksak marraga olib chiqishdagi mehnati, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlik tashabbuslarini muvaffaqiyatli olib borganligi uchun Koreya Respublikasidagi Inha universitetining “Faxriy doktorlik” unvoni bilan taqdirlandi.

Faylni tanlang