"EMMM" DUK yangiliklari

“Yashil makon” umummilliy loyihasi

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi rahbariyati tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona hududida manzarali daraxtlar ekildi.

Korxonamizda “Yashil makon“ loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni ko‘paytirish kabi istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish,  atrofni bundanda ko‘rkam ko‘rinishga keltirish, yashil va yashil hududga aylantirishdan iboratdir. 

Zero, o‘zimiz yashab turgan makonni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi hamda ekologik omillarga ijobiy ta’sir qiladi.

Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz er va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

sfadsdf.jpg

vsdvsdsd.jpg

ergvwfef1000x666.jpg

Faylni tanlang