"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish

O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan davlatlardan biri bo‘lib, barcha sohalarda rivojlangan davlatlarning tajribasini o‘rgangan. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida ham yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-yanvardagi 419-son Qonuni qabul qilindi.

Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida: “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi” deb Sh.M.Mirziyoyev takidladilar. Ushbu siyosatga so‘zsiz amal qilish maqsadida “EMMM” DUKda ham korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida siyosat, nizomlar va yo‘riqnomalar kabi normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularning asosiy mazmun-mohiyati korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, korrupsiyaviy xatti-harakatlarni aniqalash, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish kabi vazifalarni qamrab olgan. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, korrupsiyaga qarshi kurashda uni keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etish – eng samarali chora hisoblanadi.

 

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang