"EMMM" DUK yangiliklari

2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik yig‘ilishining ikkinchi sessiyasi natijalari (KTY23-2)

6-aprel kuni Jeneva shahrida Butunjahon radioaloqa Konferensiyasiga tayyorgarlik yig‘ilishining ikkinchi sessiyasi (KTY23-2) o‘z ishini yakunladi va unda 2023-yil 19-noyabrdan
16-dekabrga qadar Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tadigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi ishining texnik va me’yoriy asoslari to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlandi.

KTY23-2da XEIga aʼzo 125 ta davlatdan 1900 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etdi.

Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH) aloqa ma’muriyatlari vakillari: Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi va ASMH Ijroiya qo‘mitasi vakillari gibrid formatdagi KTY23-2 ishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda XEI Radioaloqa sektori a’zolari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli agentliklari va xalqaro tashkilotlar delegatlari ham qatnashdilar.

 

 

Ikki haftalik yig‘ilishda WRC-23 kun tartibidagi 35 dan ortiq masalalar bo‘yicha qarorlar muhokama qilindi, ulardan eng muhimlari:

- Xalqaro mobil telekommunikatsiya (IMT) ni rivojlantirishni davom ettirish uchun qo‘shimcha chastota diapazonlarini aniqlash, shu jumladan, yuqori balandlikdagi platformalardagi stansiyalardan IMT tayanch stansiyalari sifatida foydalanish;

- mobil aloqa tizimlari tomonidan ushbu chastota diapazonidan foydalanishning mumkin bo‘lgan kengayishi tufayli 470-694 MHz chastota diapazonida eshittirishning kelajagi.

- “Internet of Things” (IoT) sun’iy yo‘ldoshini rivojlantirish uchun qo‘shimcha radiochastota diapazonlarini, sun’iy yo‘ldoshlardan foydalangan holda samolyotlar bilan radioaloqa, shuningdek, iqlim monitoringi, ob-havo prognozi va boshqa ilmiy maqsadlarda kosmik tadqiqotlar xizmatlari va Yerni tadqiq qilish sun’iy yo‘ldoshlari xizmatini aniqlash;

- Global dengiz halokati va xavfsizligi tizimini modernizatsiya qilish uchun, shuningdek, geostatsionar (GSO) va geostatsionar bo‘lmagan (NGSO) sun’iy yo‘ldoshlar orqali aloqa qilish uchun samolyotlar va kemalarda harakatdagi yer stansiyalarining ishlashi uchun qo‘shimcha chastota diapazonlarini aniqlash;

- GSO va NGSO sun'iy yo‘ldoshlar uchun chastotalar taqsimotini xabardor qilish, ro‘yxatga olish va muvofiqlashtirish tartiblarini takomillashtirish.

Yig‘ilish so‘nggida, uch yil davomida XEI Tadqiqiot ishchi guruhlarida ishlab chiqilgan CPM hisobotiga tuzatishlar kiritildi va 200 dan ortiq hujjat ko‘rib chiqildi.

 

 

 

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi

Faylni tanlang