"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiya va uning ijtimoiy xavfi

 

Korrupsiya Qonun ustuvorligiga, demokratiya va inson huquqlariga, samarali davlat boshqaruviga tahdid soladi, tenglik va ijtimoiy adolat tamoyilini buzadi, demokratik institutlar faoliyati va jamiyatning axloqiy normalarini izdan chiqaradi.

 

 

Korrupsiya (lot. Corruptio-buzish, sotib olish) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan mansab vakolatlari va huquqlaridan oʻzlarining shaxsiy manfaatlarini koʻzlab qonunchilik va qonun-qoidalarga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlash va  korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida turli institut va xalqaro tashkilotlar koʻplab tadqiqotlar oʻtkazishgan. Lekin korrupsiyaga qarshi kurashadigan aniq yechim yoʻq. Korrupsiyaning kelib chiqishi, davlat organlari xodimlari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy moddiy boyliklarini orttirish maqsadida mansablarini, xizmatlarini suiste’mol qiladi. Bundan tashqari, lavozimga tayinlangan shaxsning oylik maoshi kamligi sababli ham xodim korrupsiyaga qoʻl uradi. Shunga oʻxshash omillar, sabablar tufayli korrupsiya kelib chiqmoqda.

Korrupsiya balosi dunyoning istalgan joyida avj olgan, jumladan, bizning mamlakatimizda ham eng katta muammolardan biridir. Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizimi yaratildi.

Ushbu Qonunga muvofiq, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishi qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shunday ekan, korrupsiyaga qarshi kurashish Huquq-tartibot organlarining burchi boʻlib qolmay, har bir fuqaroning burchidir.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX tarmoq muhandisi F.A.Jurinov

Faylni tanlang