"EMMM" DUK yangiliklari

Simsiz keng polosali ma’lumotlarga Wi-Fi texnologiyasidan foydalangan holda keng polosali simsiz ulanishni yanada rivojlantirish istiqbollari

Axborot ma’lumotlari almashuvi bugungi kunda barchaning hayotida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy jamiyatning shartlaridan biri, ma’lumotlardan har yerda va qulay foydalanish, shu jumladan internetdan ham foydalanish hisoblanadi.

Simsiz ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi jamoat joylari – savdo sotiq markazlari, kafe, restoran, mehmonxona va boshqa joylarda internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlashda keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga LTE texnologiyasini rivojlantirishda "Elektromagnit moslashuv markazi" DUK xodimlari o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda. “EMMM” DUK LTE tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq murojatlarni ko‘plab qabul qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yuqorida ko‘rsatilgan texnologiyalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2020 yil 29 oktabrdagi 612-sonli qaroriga muvofiq Wi-Fi texnologiyasi asosida ma'lumotlarni uzatish tizimlarining effektiv izotrop nurlanish quvvati – 10 dBWt (100 mWt) dan oshmagan taqdirda, ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 2400-2483,5 MHz, 5150-5190 MHz, 5210-5350 MHz, 5520-5550 MHz va 5570-5650 MHz radiochastota diapazonlarida ikkilamchi asosda foydalanishga ruxsat berilgan.

Simsiz aloqa ulanish tezligi juda ko‘p turli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Imkon qadar, router va abonеnt qurilmalari bir xonada joylashishi va ular orasida hech qanday to‘siq (devorlar, to‘suvchi buyumlar va boshqalar) mavjud bo‘lmagani ma’qul. Wi-Fi routerining texnik ko‘rsatkichlari va uning sozlamalariga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bugungi kunda routerlarning eng keng tarqalgan modellari 2.4 GHz (802.11n) standartini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi modellar esa 5 GHz (802.11ac) standartiga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilingan tezlik va mazkur standartlar 100 Mbit/s dan ancha yuqori, biroq aslida, haqiqiy tezlik juda past bo‘lishi mumkin.

Keng polosali tarmoq infratuzilmasini texnologik rivojlantirish, global tendentsiyalarni hisobga olgan xolda va zamonaviy texnologik jihozlardan foydalanish orqali bardoshlik, xavfsizligini va keng qamrovini oshirish lozim.

 

T va YA bo‘limi 2-toifali muhandisi Feyzullaev A.A.

Faylni tanlang