Soha yangiliklari

Telekommunikatsiya infratuzilmasi tarmog‘i yanada rivojlanmoqda

Global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirishning yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga har tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda hamda ushbu soha rivoji uchun bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida 2021-yil yakuniga qadar 50 ming km. optik tolali aloqa liniyalari quriladi va ularning jami uzunligi 118,6 ming km.ga yetkaziladi. Xalqaro va shaharlararo telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida, Xalqaro internet tarmog‘iga ulanish umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1200 Gbit/s.ga yetkazildi.

Joriy yilning birinchi 6 oyi davomida respublika bo‘yicha qo‘shimcha 24 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurildi. 2018-yilda 2 ming 100 km, 2019-yilda 10 ming km, 2020-yilda 32 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

Shu bilan birga, qo‘shimcha 200 ming ta keng polosali portlar o‘rnatilishi natijasida 2,9 mln uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.

Rejaga asosan, 2023-yilga kelib ushbu ko‘rsatkichni 5,8 milliontaga yetkaziladi. Buning natijasida ijtimoiy soha obyektlari, shu jumladan, barcha maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarigacha optik tolali aloqa liniyalari yotqazildi.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining 87 foizi, mahalla fuqarolar yig‘inlarining 58 foizi, militsiya tayanch punktlarining 56 foizi yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash imkoniyati yaratilgan. Respublika bo‘yicha mobil aloqa abonentlari soni qariyb 27 millionta, qamrov darajasi 98 foiz, keng polosali mobil Internet qamrovi 91 foizga yetkazildi.

Mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va 5 744 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib, respublika bo‘yicha mobil aloqa qamrovi darajasi 98 foizga, keng polosali mobil Internet qamrovi 91 foizga yetkazildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ya’ni, joriy yil 1-sentabrga qadar qolgan 302 ta xalq ta’limi obyektlari, 1 559 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari va 2 818 ta militsiya tayanch punktlarini yuqori tezlikdagi Internetga ulanish imkoniyati bilan ta’minlash, 1-oktabrga qadar xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 1 200 Gbit/s.dan 1 800 Gbit/s.gacha kengaytiriladi.

Shu bilan birga, 50 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va ularning uzunligini 118,6 ming km.ga yetkazish, aholini yuqori tezlikdagi simli internet bilan ta’minlash maqsadida, 900 ming abonentga mo‘ljallangan zamonaviy qurilmalar o‘rnatish, qo‘shimcha tayanch stansiyalarini o‘rnatish orqali aholi punktlarining mobil internet bilan qamrov darajasini 95 foizgacha yetkazish uchun bir qator ishlar amalga oshiriladi.

Jumladan, 72 ta aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan aholi punktlarini mobil aloqa bilan qamrab olishni ta’minlash, qo‘shimcha 50 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilishi hisobiga ularning uzunligini 168 ming km.ga yetkazish orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish va ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari hajmini oshirish, 18 ming km. avtomobil yo‘llari xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olish rejalashtirilmoqda. 

Barcha aholi maskanlarini kamida 10 Mbit/s. tezlikdagi internet tarmog‘iga keng polosali ulanish bilan qamrab olishni hamda barcha viloyatlar markazlarida beshinchi avlod tarmoqlarini joriy etishni ko‘zlagan holda mobil aloqa tarmoqlarini yanada kengaytirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, olis va yetib borish qiyin bo‘lgan 120 ta aholi maskanlarini mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Soha xodimlari tomonidan 2023-yil yakuniga qadar xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 4 500 Gbit/s.ga oshirish va hududlararo magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini viloyatlar darajasida 800 Gbit/s. gacha oshirish kabi vazifalar belgilab olingan.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang