"EMMM" DUK yangiliklari

Raqamli radiorele aloqa liniyalaridan foydalanishning afzalliklari

Bugungi kunda axborot almashinuvi har bir inson hayotining ajralmas qismidir. Zamonaviy jamiyatning taraqqiyoti shartlaridan biri axborot va raqamli texnologiyalardan keng va qulay foydalanishdir.

Ko‘p yillik amaliy tajriba, simsiz aloqa kanallari orqali turli xil ma’lumotlarni uzatishning ishonchliligi va sifatini oshirish maqsadida radiorele liniyalarining keng qo‘llanilishiga olib kelmoqda. Jumladan, radiorele aloqa liniyalari tez va samarali yechim bo‘lib, foydalanuvchilarga yangi tarmoq qurish, mavjud tarmoqni kengaytirish, uning ishonchliligini oshirish uchun simli tarmoq kanallari zaxirasini yaratish imkoniyatini beradi.

Raqamli radiorele aloqa liniyalarining asosiy vazifalari:

- aloqa operatorlari tomonidan mintaqalararo va mahalliy tarmoqlarda transport infratuzilmasini yaratish;

- texnologik aloqa liniyalarini qurish;

- yuqori tezlikdagi LAN tarmoqlarini ulash;

- optik tolali aloqa liniyalarini zaxiralashdan iborat.

 

 

 

Aloqa operatorlari magistral simsiz kanallarni qurishda, optik tolali liniyalarni zaxiralash yoki optik tolali halqani tutashtirish uchun magistral RRS dan foydalanishi mumkn. Yuqori o‘tkazuvchanlik va ma’lumotlarni uzatishni ishonchliligini oshirish maqsadida bir nechta radioreleyli stansiyalaridan foydalaniladi. Optik tolali liniyalarni o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda aloqa operatorlari o‘zlarining mintaqaviy tarmoqlarini bir-biriga ulash uchun radioreleyli stantsiyalardan foydalanadilar, bir nechta tranzit nuqtalari bo‘lgan shaharlararo simsiz magistral liniyalarni yaratadilar.

O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlari transport infratuzilmasini qurish uchun raqamli radiorele stansiyalaridan faol foydalanmoqda. Uyali aloqa operatorlari o‘z tarmoqlarida simsiz kanallardan foydalanish statsionar aloqa operatorlarining liniyalarini ijaraga olmaslik imkoniyatini yaratadi va xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, zamonaviy aloqa tarmoqlarini qurishda 71,76 – 81,86 GHz radichastota diapazonida ishlaydigan keng polosali radiorele qurilmalaridan qisqa masofalarga yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish maqsadida keng foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2020-yil 22-dekabrdagi “Rаdiochаstotа spektridаn foydаlаnish sohаsidа ruxsаt etish hаmdа rаdioelektron vositаlаr vа yuqori chаstotаli qurilmаlаrdаn foydаlаnishni tаrtibgа solish to‘g‘risidа”gi 801-son hamda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2020-yil 19-oktabrdagi “Turg‘un xizmat radioelektron vositalaridan foydalanish tartibini soddalashtirish haqida”gi 610-son qarorlariga asosan “EMMM” DUK tomonidan RRS laridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayoni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda.

 

 

TvaYAB yetakchi muhandislari U.D Dosmuxamedov, N.T Abilov

Faylni tanlang