"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyati EMMXda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv amaliy mashg’uloti bo‘lib o‘tdi

2021 yilning 16 fevralida Xorazm viloyati EMMX xodimlari bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazining boshlig‘i katta leytenant I.Polvonov, leytenant R.Ibragimov hamda xizmatchi H.Rustamovlar ishtirokida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish, aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, FVDT boshqaruv organlari, kuch va vositalari tayyorgarligini oshirish hamda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o‘rgatish” bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘ulotlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2019 yil 10 apreldagi PF-5706-sonli Farmoni hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276-sonli qarori mashg‘ulot qatnashchilariga tanishtirib o‘tildi hamda mazkur normativ hujjatlarning qabul qilinishi bilan respublikamiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xizmatlar uchun islohotlarning yangi bosiqichiga o‘tishning, ya’ni sohada butunlay yangicha bo‘lgan tizimni shakllantirishga asosi bo‘lgani ta’kidlab o‘tildi.

Tuman (shahar) yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmalari) bazasida tegishli favqulodda vaziyatlar bo‘limlari shakllantirilganligi hamda yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining yong‘in xavfsizligi qismlari esa yong‘inlarni o‘chirishdan tashqari qutqaruv ishlarini bajarish vazifalari yuklatilgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv tuzilmalariga aylantirilganligi ma’lumot o‘rnida aytib o‘tildi.

O’quv amaliy mashg‘uloti davomida qatnashchilarga yong‘in va favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan barcha asbob uskunalarning ishlatilishi, maxsus kiyim boshlardan qay tarzda foydalanish, tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi potensial manbalarni barvaqt aniqlash kabi amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Mashg‘ulot so‘ngida qatnashchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batavsil va asosli javoblar berildi.

Faylni tanlang