"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda “Milliy va umuminsoniy qadriyatlar” deb nomlangan o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali “Milliy va umuminsoniy qadriyatlar” deb nomlangan o‘quv soati o‘tkazildi.

Bunda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo'ldoshev ma'ruza qildilar.

Qadriyatlar ‒ inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. U jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsuli. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o‘sha zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o‘z ifodasini topadi. Zamonlar o‘tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma’nosi o‘zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga baho berganda aniq tarixiy shart-sharoitlarni doimo nazarda tutish kerak.

Milliy qadriyatlar ‒ har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik va moslik millat madaniyatida, adabiyotida, san’atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramu-sayillarida o‘z ifodasini topadi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligini kelgusida yangi bosqichga koʻtarish uchun hurmatli prezidentimiz oldimizga quyidagi maqsadlarni qoʻymoqda:

- jamiyatda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldidagi tengligini taʼminlashga qaratilgan tizimli va izchil faoliyatni samarali tashkil etish;

- millatlararo munosabatlar sohasida tizimli asosda ilmiy, jumladan, ijtimoiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, mazkur yoʻnalishdagi jarayonlar rivojining muttasil monitoringini yoʻlga qoʻyish;

- millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallarini tayyorlash ishlarini kuchaytirish;

- yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilayotgan millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlari, maʼruzalar va boshqa tadbirlarning samarasini oshirish;

- millatlararo munosabatlar sohasidagi muammolarni oʻrganish va ularni hal etishda xorijiy tajribani tahlil qilish hamda Oʻzbekiston sharoitida ana shu tajribadan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

- millatlararo totuvlikni mustahkamlash, unga xavf soladigan turli muammolarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish, shuningdek, mazkur sohadagi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha taʼsirchan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va amalga oshirish;

- jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligi ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taʼminlash.

Ishtirokchilar bilan birgalikda Muslimbek Yo‘ldoshev hamsuhbat bo‘lgan holda o‘quv soatini olib bordilar. Shuningdek, boyligimiz bo‘lmish ona tilimiz qadr-qimmati haqida ham ta’kidlab o‘tildi.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.Obidova

Faylni tanlang