"EMMM" DUK yangiliklari

Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 9-aprel sanasida Buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizdagi Amir Temur haykali poyida davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, olimlar, mahalla faollari, talaba va o‘quvchi yoshlar, mehnat jamoalari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

cdsffssdf.jpg

Dastlab, haykal atrofida saf tortgan Milliy gvardiya kursantlari barcha tadbir ishtirokchilarini kutib olishdi.

 Tadbir boshida kirish so‘zi bilan Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali ochib berdi. Shundan so‘ng, “Amir Temur jangovor bayrog‘i” hisoblangan Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, polkovnik Farrux Ziyabayev so‘zga chiqdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Amir Temur jangovor bayrog‘i” mukofoti ta’sis etilishining Vatan himoyachilarining harbiy jangovor tayyorgarligi va yuksak ma’naviy salohiyatini oshirishda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi.

nbfddsfsdf1000x667.jpeg

Tadbir davomida, professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Isroil Madrimov chiqish qildi. U yurtimizda sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar va o‘zining erishayotgan yutuqlari haqida gapirib o‘tdi.

Undan so‘ng, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev so‘zga chiqib, u Milliy teatrda sahnalashtirilgan “ Adolat fasli” spektaklidan Amir Temur monologini ifodali o‘qidi.

Mudofaa vazirligi tizimidagi “Faxriy qorovul” bo‘linmasi hamda jangovor guruhining ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o ‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid hamda Temurbeklar maktabi o‘quvchilari tomonidan “Sohibqiron avlodimiz” she’rini birgalikda o‘qishdi.

Tadbir so‘ngida “Millat uchun, Vatan uchun” deb nomlangan qo‘shiq  ijro etilib, Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Mazkur marosimda “EMMM” DUK jamoasi ham Amir Temur poyiga gul qo‘ydi.

sdfsdfsdfdfsdf.jpg

fdsdsdfsdf1000x666.jpeg

Faylni tanlang